Oltin quymalar

Oʻz qiymatini aniq hech qachon yoʻqotmaydigan bu - oltindir. Deyarli barcha rivojlangan davlatlar oʻz oltin zahira rezerviga ega. U yoki bu yoki valyuta qanchalik mustahkam boʻlmasin, barchasi bir soatda oʻzgarib ketishi mumkin. Oltin esa hech qachon sizni “uyaltirib” qoʻymaydi.

Aholining kelajak uchun sarmoya qilishi va oʻz jamgʻarmalari nafaqat pul koʻrinishida, balki boshqa ekvivalentda saqlash imkoniyatini yaratish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oltin quymalarni tijorat banklarida sotish haqida qaror qabul qilindi.

Sotish uchun moʻljallangan quymalar 999,9 probali sof tilladan boʻlib, 5, 10, 20, va 50 grammda maxsus himoyalangan qadoqda chiqariladi. Oltin quymalar qadogʻi maxsus sertifikat boʻlib xizmat qiladi va oʻzining shaxsiy seriya raqamiga ega.

Oltin quymalarni harid qilib, Siz oʻz jamgʻarmangizni xavfsizligini taʼminlaysiz. Axir oltinning qiymati, garchi halqaro birjada biroz oʻzgarib tursa ham, tarixdan barqaror oʻsishni namoyish etib kelmoqda.

Shu bilan birga, oltin quymani siz sovgʻa sifatida taqdim etishingiz mumkin. Bu shunchaki oddiy sovgʻa emas, balki sarmoya qilishning eng yaxshi usulidir, barqarorlik kafolati va valyuta kurslarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlardan himoyadir. Shu bilan birga oltin quymalarni himoyalangan qadoq bilan Oʻzbekiston Respublikasi xududidan tashqariga olib chiqish mumkin.

Oltin quymalarni sotib olish sizga qoʻshimcha daromad olib kelishi mumkin, chunki yuqorida aytib oʻtilganidek – bu qimmatbaho metall narxi faqatgina oshib bormoqda va bir necha yildan keyin siz ushbu oltin quyma uchun sotib olgan narxingizdan koʻproq summani qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Aholi uchun sotishga moʻljallangan oltin quymalar uchun narxlar jahon bozoridagi oltin narxiga bogʻliq boʻlib, u har kuni oʻzgarib turadi. Barcha toʻrt nominaldagi quymalar narxi, shuningdek Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma milliy valyutada har kuni Markaziy bank veb-saytida eʼlon qilinadi.

Bu muhim! Agar siz biron bir shikastlanish yoki qadoqlashning texnik talablariga mos kelmasligi aniqlansa, texnik koʻrikdan soʻng oltin quymalarni qayta sotishingiz mumkin. Toʻlov tekshiruvdan soʻng amalaga oshiriladi.

Oʻlchovli oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish shoxobchalari

Xudud

Filial nomi

Filial manzili

Telefon

1.

Toshkent shahar

Sergeli BXM

100085 Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8, Sofdil MFY, Shokirariq ko‘chasi, 3-uy

71-200-43-43 (1180)

2.

Toshkent shahar

Toshkent mintaqaviy BXO

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik MFY, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uy

71-200-43-43 (1180)

3.

Toshkent viloyati

Chirchiq BXM

Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Madaniyat MFY, Haqiqat ko‘chasi, 1a-uy

71-200-43-43 (1180)

4.

Qoraqalpog‘iston

Qo‘ng‘irot BXM

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani, Qo‘ng‘irot MFY, T.Aybergenov ko‘chasi, 48-uy

71-200-43-43 (1180)

4.

Andijon shahri

Xonobod BXM

Andijon viloyati, Xonobod shahri, Istiqbol MFY, Farog‘at ko‘chasi, 2-uy

71-200-43-43 (1180)

5.

Jizzax viloyati

Jizzax mintaqaviy BXO

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Sayiljoyi MFY, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 7-uy

71-200-43-43 (1180)

6.

Namangan viloyati

Namangan mintaqaviy BXO

Namangan viloyati, Namangan shahar, Yangi Namangan tumani, Furqat MFY, I.Karimov ko‘chasi, 19-uy

71-200-43-43 (1180)

6.

Samarqand viloyati

Samarqand mintaqaviy BXO

Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Saidrizo Alizoda MFY, Amir Temur ko‘chasi, 152-uy

71-200-43-43 (1180)

7.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo mintaqaviy BXO

Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Shodlik MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 48-uy

71-200-43-43 (1180)

8.

Xorazm viloyati

Xorazm mintaqaviy BXO

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Avesto MFY, I.Karimov ko‘chasi, 128-uy

71-200-43-43 (1180)


up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo