"O‘zsanoatqurilishbank"ATBning istalgan ofisiga tashrif buyuring
Ariza yozing va bank bilanshartnoma tuzing
Bank depozit summasini depozit hisobvarag'iga o‘tkazadi
Depozit valyutasi:
milliy valyuta - so‘mda
Yillik foiz stavkasi:
yillik 17%
(foizlar avans tarzida — depozit joylashtirilganidan so‘ng 3 ish kuni ichida to‘lanadi)
Depozit muddati:
6 oydan 18 oygacha
Depozitning minimal miqdori:
10 000 000 so‘m
Maksimal depozit miqdori:
cheksiz
To‘ldirish (qo‘shimcha mablag‘ kiritish):
ko‘zda tutilmagan
Qisman yechib olish:
ko‘zda tutilmagan
Foizlarni to‘lash:
foizlar oldindan, bitta to‘lov tarzida, depozit joylashtirilganidan so‘ng 3 ish kuni ichida to‘lanadi
Muddatidan oldin yopish:
Agar mijoz shartnomani muddatidan oldin bekor qilsa, foiz stavkasi qayta hisoblanadi va ortiqcha to‘langan foizlar depozit summasidan ushlab qolinadi:
30 kungacha — 0%
31 kundan 180 kungacha — 10%
181 kundan 370 kungacha — 13%
371 kun va undan ortiq — 17%
Foizlar depozit joylashtirilgan kunning ertasidan boshlab har kunlik depozit qoldig‘iga hisoblab boriladi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlariga bank siri saqlanishi hamda mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Bank O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.
Omonatlaringiz xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevralda imzolangan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur qonunga asosan, omonatlar belgilangan miqdor doirasida davlat tomonidan kafolatlanadi.
Kafolatlangan omonat summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.








