main-image
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishonch liniyasi

Qonunbuzarlik haqida xabar bermoqchimisiz?

Oʻzsanoatqurilishbank ATB korrupsiyaning barcha turi va koʻrinishlariga qarshi!


Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, shuningdek korrupsiyaga sabab boʻluvchi holatlar va shartlar haqida ogohlantirmoqchi boʻlsangiz, siz “Komplayens ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz mumkin.

Ushbu xizmat korrupsion harakatlarning har qanday koʻrinishini oldini olishdan manfaatdor boʻlgan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun tashkil etilgan.


Komplayens ishonch telefoni oʻzi nima?


Ushbu kanal 24/7 rejimida xavfsiz va maxfiy ravishda maʼlumotlar yigʻish imkonini beradi. Turli qonunbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.


Jismoniy va yuridik shaxslarning koʻrib chiqish uchun qabul qilingan murojaatlarining turlari:


  • Bank xodimlarining harakatlaridagi korrupsiya alomatlari toʻgʻrisida;
  • Bank xodimlarining ish faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida.

Bank xodimlari tomonidan cheklovlar va taʼqiqlarni bajarilmasligi toʻgʻrisida va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankining meʼyoriy hujjatlari, Bankning ichki aktlari va normativ hujjatlari bilan belgilangan majburiyatlar.


Aloqa usullari


Siz ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki qayta aloqa botidan foydalanishingiz mumkin. Murojaatlar shaxsni oshkor qilgan holda yoki anonim tarzda qabul qilinadi. Bank murojaatlarning barchasini koʻrib chiqilishini kafolatlaydi.


Diqqat! Anonim tarzda yuborilgan murojaatlarga qayta aloqa qilish imkoniyati yoʻq, shuning uchun, bunday holatlarda Bank arizachiga javob berishi yoki har tomonlama oʻrganib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumot talab qila olmaydi.


0-800-120-8888


@sqbantikor_bot


Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi!

Komplayens ishonch telefoniga shaxsiy xabar


Xabar matni*

*To'ldirish majburiy bo'lgan maydonlar

Diqqat! Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasiga binoan, yolgʻon maʼlumot berish, yaʼni bila turib yolgʻon xabar berish uchun jinoiy javobgarlik koʻzda tutilgan



Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up