«Avto imkon» avtokrediti
Birlamchi bozordan yangi avtomobilni sotib olish hamda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyati
Boshlang'ich to'lov
25% dan
To‘lov muddati
60 oygacha
Kredit miqdori
800 mln so‘mgacha
2 daqiqada
dastlabki javobni oling!
Onlayn arizani to'ldiring va bank qarorini
hoziroq bilib oling! To'ldirish uchun sizga pasport yoki ID-karta ma'lumotlari kerak bo'ladi.
Orzuingizdagi avtomobilni
qanday qilib olish mumkin?
Uch bosqichdan o'ting:

Veb-saytda dastlabki arizani to'ldiring, yoki telefon orqali / bank ofisida maslahat oling

Avtokredit berish bo'yicha bankning dastlabki qarorini bilib oling

Dastlabki to‘lovni amalga oshiring, kredit shartnomasini tuzing va avtomobilning faxrli egasiga
aylaning!
Kerakli hujjatlar:
Pasport yoki ID-karta
Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar
Birlamchi bozorda avtomobil sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi
Avtomobil xarid qilingandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar
Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 18 yoshdan 65 yoshgacha (65 yosh ham kiradi) bo‘lgan shaxslarga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali
Istalgan ofisida
Sizning kreditingiz ma'qullanganligini
va qanchaligini bilib oling
.png)
Avtomobilingizning markasi va modelini tanlang
Avtomobilning modeli, rangi va jihozlari mavjudligi haqida ma'lumot olish uchun
dilerlik markaziga murojaat qiling
Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini
bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit
berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
Foydali ma’lumot
- Kredit shartlari
- Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar
- Kerakli hujjatlar
- Qo‘shimcha talablar
Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi
- doimiy ish joyiga yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lishi
- muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
- ilgari olingan kreditlar va berilgan kafilliklar mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, biroq qarz oluvchining to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari tekshiriladi
- qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi
- iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlar bo‘yicha jami asosiy qarz miqdorining o‘rtacha oylik daromadga nisbati 8 barobardan oshmasligi
- 3 tagacha birgalikda qarz oluvchi jalb qilinishi mumkin
Qo‘shimcha:
- Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadi daromadni tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
- Mavsumiy ishlarda faoliyat yurituvchi qarz oluvchilar uchun oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida olingan daromadlar qabul qilinishi mumkin.
Qarz oluvchi uchun
- Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
- Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar
- Avtomobil oldi-sotdi shartnomasi
- Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — bank hisobvaraqlari yoki bank kartalariga tushgan tushumlar hisobga olingan hollarda
- Zarur hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar
Birgalikda qarz oluvchi uchun
- Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
- Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar yoki ma’lumotlar
- Zarur hollarda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar
Qo‘shimcha talablar
- kredit birlamchi bozordan yangi avtomobil sotib olish uchun ajratiladi
- kredit mablag‘lari avtomobil oldi-sotdi shartnomasi asosida sotuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi
- kredit mablag‘lari bosqichma-bosqich ajratilishi mumkin
- qolgan kredit mablag‘lari o‘tkazilishidan oldin avtomobil VIN raqami asosida taqiqqa olinishi yoki garovga qo‘yilishi lozim
- avtomobil ta’minot sifatida rasmiylashtirilmasdan kredit ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan dastlabki avans to‘lovi uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari mustasno
- avtomobil qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng bank garoviga taqdim qilinishi lozim
- sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning to‘liq muddatiga tuziladi;
- avtomobil garovga qabul qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish polisi taqdim qilinishi mumkin
- avtomobil garovga olingandan so‘ng sug‘urta polisi garov sug‘urtasiga almashtiriladi
- kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi (LTV) 75 % dan oshmasligi lozim
Kredit bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar:
-
Avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari
-
Avtomobil sug‘urtasi xarajatlari
Ehtimol, sizni qiziqtirishi mumkin
Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan.
Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun berilgan.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda
Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.
