Kredit karta
100 mln so‘mgacha va 55 kungacha foizsiz


SQB MOBILE ilovasiga ish haqi kartangizni qo'shing

Kredit karta

Kartaning kredit limiti

100 mln soʻm

Yillik foiz stavkasi

26,9 %

Kredit muddati

48 oy

Kartani chiqarish

0 so‘m

  • Kredit kartasini olish oson
1-qadam

SQB Mobile ilovasiga ish haqi kartangizni qo‘shing.

Kredit karta uchun ariza yuboring va kerakli limitni tanlang.

Bank javobini kuting.

2-qadam

Kartani quyidagi manzildan olishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5 (Toshkent shahar hududiy BXOsi) yoki yashash hududingizdagi eng yaqin Bank xizmatlari markazi / kassadan.

O‘zingiz bilan pasport yoki haydovchilik guvohnomasini olib keling.


Kredit kartasining afzalliklari

55 kungacha
foizsiz muddat

Agar xaridlar bo‘yicha qarzdorlikni kelgusi oyning 25-sanasigacha to‘liq qoplasangiz, xaridlar uchun foiz hisoblanmaydi.

free

To‘liq onlayn rasmiylashtirish

Karta 4 yil muddatga beriladi.

Hujjatlar talab qilinmaydi, kafil kerak emas va bankka borish shart emas.


Sayohatlar uchun qulay

Visa xalqaro to‘lov tizimi asosida ishlaydi:

  • mehmonxonalarni bron qilish
  • chet elda to‘lovlarni amalga oshirish
  • depozitsiz avtomobil ijarasi va boshqa imkoniyatlar

SQB Mobile ilovasi orqali Kredit kartasini rasmiylashtiring

qr

Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
Axborot varaqasi
Batafsil shartlar
  • Tariflar va shartlar
  • Tavsif
  • Ta’minot
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
Asosiy ma'lumotlar

Karta turi:

Visa yoki Mastercard to‘lov tizimidagi bank kartasi

Kartani chiqarish:

rezident jismoniy shaxslar uchun bepul

norezidentlar uchun mavjud emas

Kartani qayta chiqarish:

bank tarmoqlari yoki mobil ilova orqali — 50 000 so‘m

Oylik abonent to‘lovi:

hisobot oyida karta ishlatilgan bo‘lsa — 30 000 so‘m

agar karta ishlatilmagan bo‘lsa, to‘lov undirilmaydi

Kredit limiti:

2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha

Foizsiz davr:

xaridlar bo‘yicha qarzdorlik keyingi oyning 25-sanasigacha to‘liq qoplansa — 55 kungacha

Foiz stavkasi:

yillik 26,9%

Majburiy to‘lov sanasi:

har oyning 25-sanasi

Minimal majburiy to‘lov:

qarzdorlikning 10%

kamida 100 000 so‘m

Kredit muddati:

48 oy

oxirgi 12 oy — qarzdorlikni so‘ndirish davri

Karta amal qilish muddati:

36 oy

Tovar va xizmatlar uchun to‘lov:

terminal va internet orqali — 0%

Naqd pul yechish:

kredit limiti hisobidan — 1,9%

shaxsiy mablag‘ bo‘yicha — yechish joyiga qarab tarif asosida

Pul o‘tkazmalari:

kredit limiti hisobidan — 1,9%

shaxsiy mablag‘ bo‘yicha — o‘tkazma turiga qarab tarif asosida

Chet elda to‘lovlar:

bank komissiyasi — 0%

SMS-xabarnoma va 3D Secure:

bepul


Hujjatlar

Kredit karta axborot varaqasi

Yuklab olish
download

Yangi kredit bank kartalari ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

Kredit bank kartasini chiqarish va xizmat ko'rsatish boyicha ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

Onlayn kreditni sug’urta qilish bo’yicha ma’lumot

Yuklab olish
download
Kredit karta haqida

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Visa kredit kartasi — tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar, kundalik xaridlar hamda sayohatlar uchun qulay moliyaviy vosita.

Karta Visa to‘lov tizimi qabul qilinadigan barcha joylarda amal qiladi va zarur hollarda kredit limitidan foydalanish imkonini beradi.

Xaridlar bo‘yicha qarzdorlik kelgusi oyning 25-sanasigacha to‘liq qoplansa, foiz hisoblanmaydi.

Karta Toshkent shahar hududiy bo‘limidan yoki eng yaqin Bank xizmatlari markazi kassasidan olinadi. Pasport yoki haydovchilik guvohnomasi yetarli.


Operatsiyalar va komissiyalar

Kredit karta asosan naqd pulsiz to‘lovlar uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, quyidagi operatsiyalar ham mumkin:

  • naqd pul yechish
  • kartaga yoki hisobvaraqga pul o‘tkazish

Kredit limiti hisobidan amalga oshirilganda:

  • komissiya — 1,9%
  • foizlar operatsiya kunidan boshlab hisoblanadi
  • foizsiz davr amal qilmaydi
  • qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi bank komissiyasi bo‘lishi mumkin

Shaxsiy mablag‘lar bo‘yicha operatsiyalar amaldagi tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.


Foizsiz davr
  • xaridlar bo‘yicha qarzdorlik keyingi oyning 25-sanasigacha to‘liq qoplansa, foiz olinmaydi
  • boshqa hollarda yillik 26,9% stavka qo‘llanadi

Har oy minimal to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarur.

Oy boshida mijozga minimal to‘lov va umumiy qarzdorlik bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi.

Maslahat: xaridlarni oy boshida amalga oshirish foizsiz davrni uzaytiradi.


Majburiy to‘lov
  • qarzdorlikning 10% miqdorida
  • kamida 100 000 so‘m
  • qarzdorlik summasidan ortiq bo‘lishi mumkin emas

Minimal to‘lov har oy hisoblanadi va oyning 25-sanasigacha to‘lanadi.


Qarzni so‘ndirish tartibi

Kartaga tushgan mablag‘lar qarzni quyidagi ketma-ketlikda qoplaydi:

  1. jarima foizlar
  2. muddati o‘tgan foizlar
  3. muddati o‘tgan minimal to‘lov
  4. avvalgi oy foizlari
  5. joriy minimal to‘lov
  6. avvalgi oy naqdga tenglashtirilgan operatsiyalar qarzi
  7. avvalgi oy xaridlar qarzi
  8. joriy oy foizlari
  9. joriy oy naqdga tenglashtirilgan operatsiyalar qarzi
  10. joriy oy xaridlar qarzi

Qarzni SQB Mobile orqali boshqa kartadan to‘ldirish yoki bank kassalarida naqd pul topshirish orqali so‘ndirish mumkin.

Agar oy davomida xarajat bo‘lmasa, qarzdorlik shakllanmaydi.


Ta’minot

Kredit ta’minoti sifatida bank bilan bosh kelishuvga ega sug‘urta kompaniyalari tomonidan kredit qaytmaslik xatari (14-klass) bo‘yicha sug‘urta polisi onlayn rasmiylashtiriladi.

Sug‘urta mukofoti mijoz tomonidan SQB Mobile ilovasiga ulangan Uzcard yoki Humo bank kartasi orqali to‘lanadi.

Hozirda loyiha doirasida “SQB Insurance” SK AJ bilan bosh kelishuv mavjud bo‘lib, sug‘urta xizmati kredit limitining 3,9% miqdoridagi sug‘urta mukofoti asosida taqdim etiladi.

Kelgusida loyihaga boshqa moliyaviy barqaror sug‘urta kompaniyalari va kafillik xizmatlarini qo‘shish rejalashtirilgan.


Asosiy talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi
  • ariza berilgan kunda 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi, kredit to‘liq so‘ndiriladigan vaqtda 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi
  • rasmiy daromadga ega bo‘lishi (pensiya, jamg‘arib boriladigan badallar, soliqlar bo‘yicha ma’lumotlar)
  • daromadlar kamida uzluksiz 6 oy davomida tasdiqlangan bo‘lishi
  • hujjatlar talab qilinmaydi — karta masofadan rasmiylashtiriladi
  • kredit tarixi tekshiriladi. 90 kundan ortiq kechikish bir martadan ko‘p bo‘lsa, kredit ajratilmaydi

Birgalikda qarz oluvchi ko‘zda tutilmagan.


Ehtimol, sizni qiziqtirishi mumkin

Sizning orzuingizdagi mashina 20% dan kreditga

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

Sizning orzuingizdagi mashina 20% dan kreditga
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.03.2026 10:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит