"Yevro"

Shaffof shartlarda yevro omonati

Online maslahat
"Yevro"

Depozit valyutasi

EUR

Foiz stavkasi

6 %

Saqlash muddati

24 oy

Minimal miqdori

500 EUR
Batafsil shartlar
  • Asosiy ma'lumotlar
  • Saqlash muddatidan oldin talab qilib olinganda
  • Kerakli hujjatlar
  • Kalkulyator
Asosiy ma'lumotlar

Depozit valyutasi:

Yevro

Foiz stavkasi:

bank filiallari va ofislarida rasmiylashtirganda - yillik 6 %

Foizlarni hisoblash shartlari:

Omonatga foizlar har kuni hisoblanadi va to‘liq oy saqlangan davr uchun to‘lanadi

Saqlash muddati:

24 oy

Maksimal miqdori:

cheklovlarsiz

Qisman yechib olish:

mavjud emas

Qo'shimcha mablag' kiritish:

mavjud

Minimal miqdori:

500 Yevro

Amal qilish muddatini uzaytirish:

ko'zda tutilmagan


Omonatingizni xavfsizligi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlariga bank siri saqlanishi hamda mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Bank O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Omonatlaringiz xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevralda imzolangan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur qonunga asosan, omonatlar belgilangan miqdor doirasida davlat tomonidan kafolatlanadi.

Kafolatlangan omonat summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.

Batafsil



Hujjatlar

Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida axborot

Yuklab olish
download

Omonat bo‘yicha axborot varaqasi

Yuklab olish
download

Omonat qo‘yilgan sanadan boshlab bir oy to‘lmasdan talab qilib olinganda, omonatning haqiqatda saqlangan kunlar uchun hisoblangan va zaxirada saqlanayotgan foiz daromadlari to‘lanmaydi; ikkinchi - oltinchi oylar oralig‘ida talab qilib olinganda omonatning haqiqatda saqlangan to‘liq oylar uchun yillik 1% miqdorida; yettinchi – o‘n to‘qqizinchi oylar oralig‘ida talab qilib olinganda omonatning haqiqatda saqlangan to‘liq oylar uchun yillik 3% miqdorida; yigirmanchi – yigirma to‘rtinchi oylar oralig‘ida talab qilib olinganda omonatning haqiqatda saqlangan to‘liq oylar uchun yillik 6% miqdorida;


Pasport yoki ID-karta
Men sarmoya kiritmoqchiman
Hisob-kitoblar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan. Daromadingiz miqdorini aniq hisob-kitobi individual ravishda hisoblanadi.
Omonat summasi
Depozit hisob-kitobi
 %
 
 
 oy
Siz uchun eng yaxshi takliflar
Ideal

Foiz stavkasi

5 %

Jamg'armalarni xorijiy valyutada saqlash uchun omonat

Barakali

Foiz stavkasi

21 %

Muddatidan oldin yopilganda hisoblangan foizlar saqlanib qoladigan omonat


SQB omonatlari bo‘yicha tez-tez so‘raladigan savollar
Yopish
1. Qanday qilib mos omonatni tanlash mumkin?

Omonat tanlash sizning maqsadingizga bog‘liq:

  • Daromadni maksimal oshirish muhim bo‘lsa — milliy valyutadagi (so‘m) omonatlarni tanlang, foiz stavkalari yuqoriroq bo‘ladi.
  • Valyuta barqarorligi muhim bo‘lsa — xorijiy valyutadagi (USD yoki EUR) omonatlarni tanlang.
  • Omonatni keyinchalik to‘ldirib borishni rejalashtirsangiz — to‘ldirish imkoniyati mavjud omonatlarni tanlang: Manfaatli, Ideal, Yevro.
  • Mablag‘ni uzoq muddatga saqlash imkoniyati bo‘lsa — uzoq muddatli omonat yuqoriroq umumiy daromad keltiradi.
Yopish
2. Qaysi valyutada omonat ochish mumkin?

SQBda omonatlarni quyidagi valyutalarda ochish mumkin:

  • milliy valyuta — so‘m (UZS)
  • AQSh dollari (USD)
  • yevro (EUR)
Yopish
3. To‘ldiriladigan omonat nima?

To‘ldiriladigan omonat — bu amal qilish muddati davomida qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin bo‘lgan omonat turidir.

SQBda bunday omonatlar:
Manfaatli
Ideal
Yevro

Bu omonatlar muntazam ravishda jamg‘arma qilishni istagan mijozlar uchun qulay.

Yopish
4. Omonat muddati nimaga ta’sir qiladi?

Omonat muddati muhim shartlardan biridir.

Agar mablag‘ni muddatidan oldin yechib olish zarurati tug‘ilsa, foizlar to‘liq saqlanmasligi mumkin.

Agar mablag‘ sizga uzoq muddat kerak bo‘lmasa, maksimal muddatli omonatni tanlash umumiy daromadni oshiradi.

Yopish
5. Muddatli omonat va talab qilib olinguncha omonat o‘rtasida qanday farq bor?

  • Muddatli omonat — mablag‘ ma’lum muddatga joylashtiriladi va yuqoriroq foiz daromadi keltiradi.
  • Talab qilib olinguncha omonat — mablag‘ni istalgan vaqtda yechib olish mumkin, ammo foiz darajasi past yoki minimal bo‘ladi.

Yopish
6. Omonat va depozit o‘rtasida qanday farq bor?

Jismoniy shaxslar uchun “omonat” va “depozit” atamalari amalda bir xil ma’noni anglatadi — har ikkala holatda ham mijoz mablag‘ini bankka joylashtiradi va foiz daromadi oladi.

“Depozit” atamasi ko‘proq yuridik shaxslar bilan ishlashda qo‘llaniladi.

Yopish
7. To‘ldirish imkoniyatiga ega valyuta omonati bormi?

Ha. To‘ldirish imkoniyati mavjud valyuta omonatlari:

Ideal (USD)
Yevro (EUR)

Yopish
8. Nima uchun har oy foiz summasi turlicha bo‘lishi mumkin?

Foizlar oy ichidagi haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Masalan:
yanvar — 31 kun
fevral — 28–29 kun

Shu sababli foiz summasi har oyda biroz farq qilishi mumkin.

Yopish
9. Omonatlarda kapitalizatsiya mavjudmi?

Hozirgi vaqtda omonatlar bo‘yicha foizlar kapitalizatsiyasi nazarda tutilmagan.

Yopish
10. SQB Mobile ilovasi orqali omonatni qanday ochish mumkin?

Omonat ochish uchun:

  1. SQB Mobile ilovasini yuklab oling va telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting.
  2. Shaxsingizni tasdiqlang (pasport ma’lumotlari yoki PINFL orqali).
  3. Ilovaning bosh sahifasidagi “Mavjud omonatlar” bo‘limiga o‘ting.
  4. O‘zingizga mos omonatni tanlab, rasmiylashtiring.
Yopish
11. Omonatni muddatidan oldin yopish mumkinmi?

Ha, mumkin. Biroq bunday holatda foizlar qayta hisoblanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Shartlarni oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Yopish
12. Foizlar qanday hisoblanadi?

Foizlar har kuni hisoblanadi va omonat shartlariga muvofiq to‘lanadi. Foiz stavkasi omonat muddati davomida o‘zgarmaydi.

Yopish
13. Bir vaqtning o‘zida bir nechta omonat ochish mumkinmi?

Ha. Siz turli valyuta va muddatlarda bir nechta omonat ochishingiz mumkin.

Yopish
14. Omonatlaringiz himoyalanganmi?

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.

Omonatlaringiz O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoyalangan.

Kafolatlangan omonat summasi — 200 mln so‘m.

Batafsil ma’lumot — «Omonatlaringiz kafolatlangan» bo‘limida. https://fgd.uz/uz

Bugun dolzarb
Avtomobil krediti
- oddiy va oson!

Kredit stavkasi

20 % dan

Kredit muddati

yilgacha

Kreditning miqdori

800 mln so‘mgacha

Ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarning minimal to'plami va kreditni to'lashning qulay usullari

Orzuingizdagi uy ipotekaga 17 % dan

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.



Oxirgi yangilanish sanasi: 20.02.2026 12:46  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo