“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Kirguli bank xizmatlari markazi kassa omborini optimallashtirish hamda uni Fargʻona bank xizmatlari ofisi kassasiga oʻtkazish ishlari munosabati bilan mazkur markazga tegishli bankomatlarda rejalashtirilgan texnik va profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Jarayonda bankomatlar navbatma-navbat oʻchirilib, qayta ishga tushirilmoqda.
Ushbu ishlar bankomatlar hisob raqamlarini balansdan balansga oʻtkazish hamda ulardagi mablagʻlar qoldigʻini markazlashtirilgan tartibda nazorat qilishni takomillashtirishga qaratilgan.
Shu sababli bankomatlar orqali xizmat koʻrsatishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Profilaktik ishlar yaqin kunlar davomida yakunlanib, bankomatlar odatiy tartibda ishlashda davom etadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
Hurmatli mijozlar! Quyidagi bo‘linmalar faoliyati tugatilganini ma’lum qilamiz: « ...
Hurmatli mijozlar! Ma’lum qilamiz, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan jismoniy shaxslar uchun mi ...
Hurmatli mijozlar! Sizga jismoniy shaxslar uchun amaldagi "Exclusive ipoteka" va "Bir kontur-bir ma ...

