Hurmatli mijozlar!
Ma’lum qilamizki, Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan mikro hamda kichik biznes subyektlarini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan yangi “ICHAN QAL’A” kredit mahsuloti joriy etildi.
Kredit aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vositalarni sotib olish, shuningdek kredit shartnomasi shartlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun ajratiladi.
Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali, www.sqb.uz saytida yoki bankning eng yaqin ofislarida olishingiz mumkin.



