Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʼzgarishsiz qoldirdi
11.03.2024 10:59 Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʼzgarishsiz qoldirdi
2024-yil 14-martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi.
Markaziy bank boshqaruvi iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish boʼyicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib hamda inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha pasaytirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini taʼminlash maqsadida asosiy stavkani oʼzgarishsiz qoldirish toʼgʼrisida qaror qabul qildi.
Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Biroq, soʼnggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narx va tariflarning oshishi fonida xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi kuzatildi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli oʼzgarishsiz, yuqoriligicha qolmoqda.
Joriy yil oxiriga inflyatsiya 8-9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanishi kutilmoqda. Prognoz davrida tartibga solinadigan narxlar oʼzgarishi va ularning inflyatsion kutilmalarga taʼsiri boʼyicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.
Manbayi quyidagi havolada:
https://cbu.uz/oz/monetary-policy/refinancing-rate/press-releases/1632057/ 
1242
Boshqa yangiliklar