Moliyaviy himoya va imkoniyatlar: SQB harbiylar bilan muloqotda
19.06.2025 14:39
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) korporativ markazi mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrugi boshqaruv apparati xodimlari va Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari uchun “SQB – mablag‘laringiz kafolatli himoyada” shiori ostida taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga bankning chakana xizmatlari, jumladan, harbiylar uchun ish haqi loyihasi doirasida taqdim etilayotgan imtiyozlar, yangi mahsulotlar, omonat turlari va mobil ilova imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qiziqtirgan savollarga bank mutaxassislari tomonidan to‘liq va atroflicha javoblar oldi.
Bank axborot xizmati

1166
Boshqa yangiliklar