“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati


30.08.2025 09:28

Joriy yil 29-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Andijon viloyatidagi “Bunyodkor” bank xizmatlari ofisi (BXM) faoliyati haqida tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

2023 yil 18 mayda bankning “Bunyodkor” BXO tomonidan N.O‘ (ism sharifi o‘zgartirilgan) bilan 49,3 mln so‘m miqdoridagi kredit shartnomasi tuzilgan. Qo‘shimcha kafillik sifatida I.O‘ (ism sharifi o‘zgartirilgan) ishtirok etgan.

Shartnomalar qarz oluvchi va kafil tomonidan shaxsan imzolangan bo‘lib, bunga oid fotoma’lumotlar mavjud.

Mijoz N.O‘ 2025 yilning 11 fevraliga qadar kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan. Keyingi kechikishlar sabab sudga murojaat qilingan va sud qarori bank foydasiga chiqarilgan. Kredit hujjatlari nusxalari faqat qarz oluvchiga shaxsan beriladi.

Yuqoridagi murojaatda keltirilgan “bank xodimlari yoki boshqa shaxslar mablag‘ni o‘zlashtirgan” degan iddaolar asossiz bo‘lib, bunday ma’lumot tarqatish qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilamiz.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati





Boshqa yangiliklar

02/27/2026 02:05:49 pm
Milliy liboslar kuni – an’analar bayrami!

SQBda milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan o‘ziga xos muhit hukm surmoqda. “Milliy liboslar kuni” munosabati b ...

02/27/2026 02:02:19 pm
Yangi to‘lov tartibi joriy etilmoqda

2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda – bank kartalari, mobil ilovalar va elektron tizim ...

02/26/2026 05:34:58 pm
SQB rahbariyati bank yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Joriy yilning 26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi hamda bank tizimida faoliyat ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.09.2025 09:44  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo