SQB: Korrupsiyaga qarshi kurashda amaliy bilim va yondashuvlar mustahkamlanmoqda


05.05.2025 09:18

SQB: Korrupsiyaga qarshi kurashda amaliy bilim va yondashuvlar mustahkamlanmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois SQBning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan bank tarkibiy boʻlinmalari va hududiy tarmoqlari xodimlari uchun oʻquv-trening mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda.

Navbatdagi trening Green banking departamenti va Birinchi boʻlim xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Unda korrupsion xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, masʼuliyatli xizmat yuritish boʻyicha xalqaro tajriba asosida tayyorlangan nazariy va amaliy materiallar ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi.

Bundan tashqari, manfaatlar toʻqnashuvi, xodim va mijoz oʻrtasidagi sovgʻa almashish bilan bogʻliq cheklovlar, axloqiy tamoyillar hamda bank ichki siyosatiga oid asosiy talablar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan xodimlarning bilim darajasini baholash maqsadida test sinovi oʻtkazilib, oʻzlashtirish koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Bu esa olingan bilimlarni mustahkamlash va kelgusidagi malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

04/10/2026 10:26:49 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

04/09/2026 11:24:04 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...

04/06/2026 06:08:41 pm
SQB’da xotin-qizlar uchun biznes-trening o‘tkaziladi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.05.2025 14:42  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo