Joriy yilning 6-may kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmalari hamda ushbu tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda bankning Mikro va kichik biznes departamenti faktoring xizmati xodimlari – J.Sattorov va B.Begmurodov ishtirokchilarga “Namunaviy faktoring” mahsuloti, uning asosiy shartlari, afzalliklari, shuningdek mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar, elektron platformalardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminar xalqaro faktoring bo‘yicha ham tushuncha va tajriba almashishga qaratildi.
Tadbirkorlar o‘z savollariga keng va atroflicha javob oldi.
Bank axborot xizmati
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...

