Yoshlar muammolariga yechim – amaliy muloqotlar natijasi


26.03.2026 09:15

Yoshlar muammolariga yechim – amaliy muloqotlar natijasi

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda bankning Qashqadaryo, Jizzax va Fargʻona viloyatlaridagi hududiy tarmoqlari rahbarlari tomonidan ham yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Taʼkidlash joiz, mazkur tadbirlar Prezidentimizning joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. Unda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish va muammolarini joyida hal etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Uchrashuvlar davomida ishsiz yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, jumladan, bankning “Yoshlar biznesda” kredit mahsuloti imkoniyatlari boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berildi. 

Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar asosida ularni tadbirkorlikka yoʻnaltirish, oʻzini oʻzi band qilish va doimiy daromad manbaini shakllantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning hayotiy muammolarini hal etish, ularni tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga keng jalb qilish hamda kelgusida mustaqil faoliyat yuritishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.



Boshqa yangiliklar

04/16/2026 03:35:08 pm
SQB tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar xavfsizlikni mustahkamlash, raqamlashtirishni kengaytirish va xizmat sifatini oshirishga qaratilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilgan ayrim xaridlar yuzasidan fikr-muloha ...

04/10/2026 10:26:49 am
SQB: yoshlar – yangi iqtisodiyot va innovatsiyalar drayveri

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...

04/09/2026 11:24:04 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.03.2026 09:17  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит