main-image
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida Boshqaruv raisining Murojaatnomasi:

Hurmatli hamkasblar va qadrli mijozlarimiz!

Korrupsiya nafaqat iqtisodiy taraqqiyotga, balki jamiyatda adolat va qonuniylik tamoyillariga rahna soladigan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biri hisoblanadi. Shu bois unga qarshi kurash davlat siyosati darajasida belgilangan ustuvor yo‘nalish bo‘lib, har bir tashkilot, har bir rahbar va har bir xodimdan qat’iy mas’uliyat talab etadi.

Joriy yil 5-mart kuni Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida davlat va jamiyat boshqaruvida, xususan, moliya-bank tizimida shaffoflikni ta’minlash, shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish va korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish ustuvor vazifa sifatida alohida ta’kidlandi. Mazkur vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aniq mexanizmlar va amaliy chora-tadbirlar bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, O‘zsanoatqurilishbank o‘z faoliyatini halollik, ochiqlik va qonun ustuvorligi tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda izchil davom ettirmoqda.

Bugun bank tizimi oldida turgan asosiy maqsad moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bilan cheklanib qolmay, jamiyat ishonchiga sazovor bo‘lgan, korrupsiyadan xoli institusional muhitni yaratishdan iborat. Shuning uchun bankda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha qarorlar va jarayonlarda shaxsiy manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.

Jumladan, bankda:

korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va odob-axloq kodeksi;

manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish mexanizmlari;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tizimi;

murojaatlarni qabul qilish va himoyalangan aloqa kanallari izchil joriy etilgan va amalda qo‘llanilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar bank faoliyatining barcha bo‘g‘inlarida shaxsiy javobgarlikni oshirish, qaror qabul qilishda esa adolat mezonlarini ustuvor qo‘yishga xizmat qilmoqda.

Fursatdan foydalanib, men Sizlarni O‘zsanoatqurilishbank tizimida korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar yuz berganida aloqa kanallarimiz orqali murojaat qilishga chaqirib qolaman.

Har bir murojaat maxfiyligi to‘liq kafolatlanadi va qonun doirasida xolis ko‘rib chiqiladi.

  • Maqsad va vazifalar
  • Ichki hujjatlar
  • Normativ hujjatlar
  • Hisobotlar
  • Sertifikatlar
  • Bukletlar
  • Manfaatlar to'qnashuvi
  • Xodimlarni bilim va ko'nikmalarini oshirish
Oʻzsanoatqurilishbank ATB korrupsiyaning barcha turi va koʻrinishlariga qarshi!

Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, shuningdek korrupsiyaga sabab boʻluvchi holatlar va shartlar haqida ogohlantirmoqchi boʻlsangiz, siz “Komplayens ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu xizmat korrupsion harakatlarning har qanday koʻrinishini oldini olishdan manfaatdor boʻlgan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun tashkil etilgan.

Komplayens ishonch telefoni oʻzi nima?

Ushbu kanal 24/7 rejimida xavfsiz va maxfiy ravishda maʼlumotlar yigʻish imkonini beradi. Turli qonunbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

CERT International s.r.o sertifikati
Bank litsenziyasi
Ochiq ma'lumotlar

Axborotdan erkin foydalanish uchun uni toʻliq oshkor qilish

booth
Bo'sh ish o'rinlari

Ishonchli bankning ahil jamoasiga xush kelibsiz!

Aloqa kanallari

Siz telefon, elektron pochta yoki qayta aloqa kanali orqali xabar qoldirishingiz mumkin

Telegram bot

Telegramdagi bot orqali bog'lanish

So'rovnoma

Bankda korruptsiyaviy holat bo'lishini aniqlash va oldini olish maqsadida anonim so'rovnomamizda ishtirok etishingizni so'raymiz

Welcome training

Yangi xodimlarning sodiqligini oshirish bo'yicha tadbirlar

Tayinlovlar

Rahbarlik lavozimlaridagi o’zgarishlar

booth
  • Tadbirlar
  • Yangiliklar
16.02.2026
Bank tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan 2025-yil davomida o‘tkaziladigan media tadbirlar rejasi

  ...

Batafsil
28.01.2026
Bankda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xodimlar orasida halo ...

Batafsil
20.06.2025
Risk madaniyatini mustahkamlash va xodimlar xabardorligini oshirishda amaliy sessiyalar hamda ochiq darslar muhim ahamiyat kasb etmoqda

2025 yil uchun tasdiqlangan umumiy media-reja doirasida “Risk” bloki, Marketing hamda Xodimlar va ta ...

Batafsil
18.02.2026
SQB’da korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha onlayn o‘quv-trening o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadi ...

Batafsil
13.02.2026
SQB’da milliy liboslar kuni!

O‘zsanoatqurilishbank (SQB)da har juma milliy qadriyatlarimizga hurmat ramzi sifatida milliy liboslar kuni nishonlanadi. ...

Batafsil
12.02.2026
SQB vakillari hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda

Joriy yilning 11-fevral kuni Sanoatqurilishbank vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh va Qoʻngʻirot tuma ...

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 20.02.2026 14:25  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo