5 mlrd so‘mgacha ekvivalentda
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR va boshqalar
Kredit valyutasi
Bank stavkalari asosida
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
- Maqsadsiz kredit
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirish
- Asosiy vositalarni sotib olish
- Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar sotib olish
- To‘qimachilik, charm-poyabzal va mebel yo‘nalishlarida import uskunalarini mahalliylashtirish uchun asbob-uskunalar sotib olish
Maqsadsiz kredit kreditlar, foizlar va komissiyalarni so‘ndirish, uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va uni qaytarish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, veksel to‘lovlarini amalga oshirish, yuridik shaxslarning ulushlarini sotib olish, mablag‘larni ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish, moliyaviy yordamni qaytarish hamda kafolatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun taqdim etilmaydi.
Valyuta:
- Milliy valyuta (UZS)
- Xorijiy valyuta (USD, EUR va boshqalar)
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga kreditlar faqat UZSda ajratiladi.
Kredit miqdori:
- 50 mln so‘mdan (ekvivalentda) 5 mlrd so‘mgacha (ekvivalentda)
Kredit muddati:
- Maqsadsiz kredit — 60 oygacha
- Aylanma mablag‘lar — 18 oygacha
- Asosiy vositalar — 60 oygacha
Imtiyozli davr:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
- Maqsadsiz kredit — 6 oygacha
- Aylanma mablag‘lar — 3 oygacha
- Asosiy vositalar — 6 oygacha
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.
Foiz stavkasi
- UZSda (bankning o‘z mablag‘lari hisobidan) — Markaziy bankning asosiy stavkasi + 10% dan kam bo‘lmagan miqdorda.
- Xorijiy valyutada va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — bankning amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.
- Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan UZSda ajratilgan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda foiz stavkasi mutanosib ravishda oshiriladi, pasaytirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoldiriladi.
So‘ndirish tartibi
- Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng har oyda, foizlar har oyda (annuitet yoki differensial usulda).
- Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.
Faoliyat muddati — ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab kamida 6 oy.
So‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda tushumlar mavjud bo‘lishi (kamida 3 oyda).
Kredit yuklamasi — 100%dan yuqori bo‘lmasligi (navbatdagi garov ostida ajratilganda — 50%dan yuqori emas).
Barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud emasligi.
2-sonli kartoteka mavjud emasligi.
KATM minimal skoring bali — kamida 200.
“Qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalardagi amaldagi kreditlar mavjud emasligi.
So‘nggi 12 oyda:
61–90 kunlik kechikish — 1 martadan ko‘p emas (so‘nggi 6 oyda mavjud emas);
90 kundan ortiq kechikish — mavjud emas.
So‘nggi 12 oyda restrukturizatsiyalar soni — 1 tadan ko‘p emas.
Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi doirasida undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik mavjud emasligi:
— qarz oluvchida;
— qarz oluvchi ta’sischilari ta’sischi bo‘lgan korxonalarda (ta’sischilar davlat boshqaruvi organlari yoki byudjet tashkilotlari bo‘lgan holatlar bundan mustasno);
— qarz oluvchi korxona ta’sischilarida (ta’sischilar davlat boshqaruvi organlari yoki byudjet tashkilotlari bo‘lgan holatlar bundan mustasno).
- Kredit olish uchun ariza.
Qarz oluvchi ta’sischilarining kredit olish va mulkni garovga qo‘yish yuzasidan roziligi (zarur hollarda).
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
2-sonli kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumot (asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa).
Ko‘chmas mulk garovi bo‘lsa — kadastr hujjatlari va ijara shartnomasi (zarur hollarda).
Avtotransport garovi bo‘lsa — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
Garovga qo‘yuvchi tomonidan mulkni garovga berish va suddan tashqari tartibda undiruvga qaratish yuzasidan rozilik.
Uchinchi yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchining ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).
Garovga qo‘yuvchilar hamda uchinchi yuridik shaxs rahbari/bosh buxgalterining pasport nusxalari (zarur hollarda).
Faoliyat joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda).
Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (so‘nggi 6 oyda qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘lsa).
Loyiha xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 18.05.2026 12:36













