Bank rahbariyati


Akbarjonov Aziz Akbarjon o'g'li

Photo_3.jpg
  1. Boshqaruv raisi — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Juma kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha 
  3. Telefon: (+99878) 120-45-82
  4. E-mail: Raisgamurojaat@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li 1985-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini, 2010-yilda mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bo‘limini “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyatini 2018-yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori sifatida boshlagan.

2019-yilning noyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit direktori (CCO), 2020-yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

2020-yilning may oyidan 2023-yilning oktyabriga qadar Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.

2023-yilning 3-oktyabridan "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Bank Boshqaruvi Raisi A. Akbarjonov Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga quyidagi tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratini amalga oshiradi:

  • Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti;

  • Ichki xavfsizlik departamenti;

  • Birinchi bo‘lim;

  • Yuridik departament;

  • Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti;

  • Bankni strategik rivojlantirish departamenti;

  • Axborotlarni muhofaza qilish markazi;

  • Kredit qo‘mitasi ishiga rahbarlik qilish;

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish.

    Ergashev Anvarjon Abdumajitovich

    1 кв.png
    1. Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi
    2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
    3. Telefon: (+99878) 120-45-05
    4. E-mail: info@sqb.uz
    • Biografiya
    • Vazifalar

    Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 1973-yilda tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent moliya institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

    Mehnat faoliyatini 1993-yilda O‘zbek aktsiyadorlik innovatsion tijorat “Ipak yo‘li” banki bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan va mazkur bankda 1998-yilgacha kredit-tijorat investitsiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha ishlagan. 1998-2006-yillar O‘zbek xalqaro banki “Uzprivatbank” Investitsion loyihalarni baholash, tahlil qilish va kreditlash departamenti boshlig‘i, Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan.

    2006-2017-yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  Markaziy amaliyot mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2017-2018-yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB buxgalteriya operatsiyalari nazorati  boshqarma boshlig‘i, pul muomalasi va kassa amaliyotlari departament direktori lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.

    Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 2018-yil fevralidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

    2023-yilning dekabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

    Bank Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari A. Ergashev quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

    • Axborot texnologiyalari departamenti;

    • Sun’iy intellekt departamenti;

    • Bank kartalari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash departamenti;

    • Investitsiya qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish.

      Yakubov Shuxrat Israilovich

      SAYTGA.JPG
      1. Boshqaruv raisi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi
      2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
      3. Telefon: (+99878) 120-45-32
      4. E-mail: info@sqb.uz
      • Biografiya
      • Vazifalar

      Yakubov Shuxrat Israilovich 1967-yil 16-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo‘llar institutini “yo‘l qurilish mashinalari va jihozlari” yo‘nalishida, 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini – “xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

      Mehnat faoliyatini 1991-yilda “Nigora” kichik korxonasi brokeri lavozimidan boshlagan.

      1993-1995-yillarda - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Ekspert-texnik boshqarmasi ekspertiza bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, 1995-1996-yillarda - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsiyalar boshqarmasi investitsion loyihalar tahlili bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, 1996-1997-yillarda - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi birja operatsiyalari bo‘lim boshlig‘i.

      1997-yildan 2001-yilgacha - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi ichki bozordagi konversion amaliyotlar bo‘limi boshlig‘i, 2001-yildan 2001-yilgacha - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti xorijiy valyutada kreditlash boshqarmasi boshlig‘i.

      2001-yildan 2006-yilgacha - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qatortol filiali boshqaruvchisi, 2006-yildan 2018-yilgacha - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 2018 - 2020-yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va unga ko‘maklashish sho‘basi mudiri lavozimlarida ishlagan.

      Yakubov Shuxrat Israilovich 2020-yil 15-oktyabrdan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

      Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Sh. Yakubov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

      • Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish departamenti;

      • G‘aznachilik departamenti;

      • Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti;

      • “Sustainable Finance” departamenti;

      • Kreditlash departamenti;

      • Investitsion banking departamenti (investitsiyalarni jalb qilishga, o‘zlashtirishga va shu sohadagi boshqa topshiriqlarni ijrosiga shaxsan javob beradi);

      • “SQB Insurance” MCHJ faoliyatini muvofiqlashtirish;

      • “SQB Capital” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

      • Bank nomidan kafolat va kafilliklarni imzolash;

      • “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga rahbarlik qilish (eksport, investitsiyalar va shu sohadagi boshqa topshiriqlarni ijrosiga shaxsan javob beradi).

        Abduraxmanov Farrux Talipjanovich

        4 кв.png
        1. Boshqaruv raisi o'rinbosari 
        2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
        3. Telefon: (+99878) 120-45-95
        4. E-mail: info@sqb.uz
        • Biografiya
        • Vazifalar

        Abduraxmonov Farrux Talipjanovich 1980-yil 11-aprelda Qozog‘iston Respublikasi Turkiston shahrida tug‘ilgan. 

        2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr, 2006-yilda magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

        F. Abduraxmonov o‘z faoliyatini 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida boshlagan.

        “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi faoliyati 2018-yilda Korporativ mijozlarni moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari vazifasidan boshlangan.

        2019 -yildan 2021 -yilgacha - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti, Muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti hamda Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

        2021- yildan boshlab  "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

         Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari F. Abduraxmanov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

        • Korporativ markaz;

        • O‘rta biznes markazi;

        • Agrosanoat klasterlarini moliyalashtirishni muvofiqlashtirish departamenti.

        Umarov Davron Shavkatovich

        5 кв.png
        1. Boshqaruv raisi o'rinbosari  — Boshqaruv a'zosi
        2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
        3. Telefon:(+99878) 120-45-00 (10-10)
        4. E-mail: info@sqb.uz
        • Biografiya
        • Vazifalar

        Umarov Davron Shavkatovich 1987-yil 28-aprelda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

        2008-yilda Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutining Hududiy iqtisodiyot va menejment yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2010-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida Magistr darajasiga erishgan.

        2008-yil oktabr oyidan 2011-yil fevraligacha Milliy bankning Qo‘qon filialida faoliyat yuritgan. 

        2011-yildan 2024-yil yanvarigacha “Asakabank” ATB Qo‘qon filialida "valyuta amaliyotlari" bo‘limining 2-toifali mutaxassisi lavozimidan Asakabank AJ bosh ofisida departament direktori lavozimiga qadar ko‘tarilgan.

        2024-yil 6-yanvarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.

        Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari D. Umarov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

        • Ma’muriy xo‘jalik departamenti;

        • Marketing departamenti;

        • “SQB Tower” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish.

          Abduvaliev Sanjar Abdurahmonovich

          2 кв.png
          1. Boshqaruv raisi o'rinbosari  — Boshqaruv a'zosi
          2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
          3. Telefon: (+99878) 120-45-00 (10-07)
          4. E-mail: info@sqb.uz
          • Biografiya
          • Vazifalar

          Abduvaliev Sanjar Abdurahmonovich 1988-yil 11-sentyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

          2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2011-yilda shu universitetda magistr darajasini olgan.

          2011-yil iyuldan 2024-yil maygacha O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kabi turli tashkilotlarda ishlagan, u yerda birinchi toifali mutaxassisdan Toshkent shahar hududiy boshqarmasi rahbarigacha ko‘tarilgan.

          2024-yil 10-maydan boshlab “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

           Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari S. Abduvaliyev quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

          • Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti;

          • Kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti;

          • Kredit monitoring va nazorati departamenti;

          • Undiruv markazi;

          • “Asaka Agro star” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

          • “Beruniy Agro star” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

          • Muammoli qarzdorliklar bilan ishlash qo‘mitasi ishiga rahbarlik qiladi.

            Gorokhov Evgeny Yurevich

            6.png
            1. Risk bosh direktori — Boshqaruv a'zosi
            2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
            3. Telefon: (+99878) 777 77 55 (7572)
            4. E-mail:  info@sqb.uz
            • Biografiya
            • Vazifalar

            Gorohov Evgeniy Yuryevich 1974-yil 28-aprelda Moskva shahrida tug‘ilgan.

            1997-yilda Moskva shahridagi S. Orjonikidze nomidagi Davlat boshqaruv akademiyasini, 2000-yilda esa G. V. Plexanov nomidagi Davlat Rossiya iqtisodiyot akademiyasini tamomlagan. Shuningdek, ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish, taym-menejment, vazifalarni va xodimlarni boshqarish, jamoada ishlash hamda taqdimotlarni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tgan.

            Sakkiz yildan ortiq vaqt davomida International Finance Corporation (IFC) / World Bank Group tashkilotida katta maslahatchi sifatida faoliyat yuritib, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi banklar bilan amalga oshirilgan ko‘plab loyihalarda ishtirok etgan.

            Risklarni boshqarish va kreditlash sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan yuqori bo‘g‘in rahbari. Yetakchi davlat va xususiy xalqaro banklarda, jumladan EXIMBANK va Bank Otkritie FCda Chief Risk Officer (CRO) lavozimlarida faoliyat olib borgan.

            Tashkilotda kompleks risklarni boshqarish tizimini shakllantirish, kredit va operatsion risklarni boshqarish, kredit jarayoni va kreditlash metodologiyasini rivojlantirish, muammoli qarzdorlikni monitoring qilish va undirish tizimlarini joriy etish, firibgarlikka qarshi choralar ko‘rish, biznes-jarayonlarni tahlil qilish hamda yangi bank mahsulotlarini joriy etishga ixtisoslashgan.

            2025-yil dekabr oyidan boshlab «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda Boshqaruv a’zosi — risklar bo‘yicha bosh direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda.

            Risk bosh direktori E. Gorohov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

            • Risk menejment departamenti;

            • Kreditlarni ma’qullash departamenti;

            • Komplayens-nazorat departamenti.

              Norov Timur Olimovich

              6.png
              1. Biznes bosh direktori v. b.
              2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
              3. Telefon: (+99878) 147-18-05
              4. E-mail:  info@sqb.uz
              • Biografiya
              • Vazifalar

              Norov Timur Olimovich 1989-yilda tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

              Mehnat faoliyatini 2012-yilda “Hamkorbank”da boshlagan.

              2013-yildan buyon “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida faoliyat yuritib, korporativ va chakana kreditlash, jumladan, ipoteka va kichik biznes yo‘nalishlarida turli lavozimlarda ishlagan.

              2017-yildan boshlab rahbarlik lavozimlarida ishlagan: kichik va o‘rta biznesni kreditlash bo‘yicha boshqarmalarga rahbarlik qilgan hamda bankning tegishli departamentlari direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

              2021–2023-yillarda Axborot texnologiyalari departamenti direktor o‘rinbosari, keyinchalik direktori lavozimida ishlagan.

              2023-yilda Raqamli biznes departamentiga rahbarlik qilgan.

              2025-yil aprel oyidan boshlab — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Bosh biznes direktori.

              Biznes bosh direktori v.b T. Norov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

              • Raqamli biznes departamenti;

              • Chakana biznes departamenti;

              • Bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti;

              • Mikro va kichik biznes departamenti;

              • Aloqa markazi;

              • “SQB Factoring tashkiloti” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

              • “SQB Mikromoliya tashkiloti” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish.

                Ekler Orsolya

                1 кв.png
                1. Moliya bosh direktori 
                2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
                3. Telefon: (+99878) 777 77 55 (7101)
                4. E-mail:  info@sqb.uz
                • Biografiya
                • Vazifalar

                Ekler Orsolya 1971-yil 27-avgust kuni Vengriyaning Balaegerseg shahrida tugʻilgan. 1989-1996-yillarda Dresden Texnika Universitetining iqtisodiyot fakultetida ekonometrika yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. 2000-yilda Baden shahridagi Kontrolling Akademiyasida (Bank Controlling) malaka oshirgan. 2000-2002-yillarda Saldo buxgalteriya hisobi kurslarini, 2006-yilda KPMG kompaniyasining MHXS kurslarini, 2012-yilda esa Ashridge UK'da yuqori darajadagi menejment treningini tamomlagan.

                Professional faoliyatini 1995-1996-yillarda Balogh Import Export Handels-KG kompaniyasida menejer yordamchisi sifatida boshlagan. 1994-yilda SachsenKrone GmbH Dresden kompaniyasining buxgalteriya boʻlimida amaliyot oʻtagan.

                1998-2001-yillarda Erste Bank Hungary Rt. bankida Nazorat va Hisobot Departamenti direktori lavozimida ishlagan, budjetlashtirish va strategik rejalashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan.

                2001-2004-yillarda Erste Bank Rt. bankida nazorat, buxgalteriya hisobi va bozor xavfini boshqarish boʻlimi rahbari lavozimida ishlagan.

                2004-2005-yillarda Erste Bank Hungary Rt. bankida nazorat va bozor xavflarini boshqarish boʻlimining boshqaruvchi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

                2007-2013-yillarda Qozogʻiston bank sektorida rahbarlik lavozimlarida – Nurbank va Alyans Bankda ishlagan, moliyaviy blokni boshqargan.

                2013-2016-yillarda Rossiyada MOL-Russ (neft-gaz sektori) kompaniyasining moliyaviy direktori boʻlib ishlagan, MOL guruhining Rossiya va Ukrainadagi barcha moliyaviy operatsiyalarini boshqarish uchun masʼul boʻlgan.

                2017-yildan 2024-yilgacha bank sektorida maslahatchi va loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritgan, yetakchi vengr banklari uchun MHXS va bank tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirgan.

                2024-yil 6-noyabrda "O'zsanoatqurilishbank" ATBning bosh moliya direktori lavozimiga tayinlangan.

                Venger, ingliz, nemis va rus tillarini erkin darajada biladi.

                Moliya bosh direktori O. Ekler quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

                • Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti;

                • Moliyaviy menejment markazi;

                • Xaridlarni tashkil etish xizmati;

                • Aktivlar va passivlar xizmati;

                • Xalqaro moliyaviy hisobotlar va konsalting departamenti;

                • Ma’lumotlarni boshqarish markazi;

                • Bank mahsulotlarini boshqarish qo‘mitasiga rahbarlik qilish.

                  Karabayeva Kumrinisa Ibragimovna

                  6.png
                  1. Bosh operatsion direktori
                  2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
                  3. Telefon: (+99878) 777 77 55 (7178)
                  4. E-mail:  info@sqb.uz
                  • Biografiya
                  • Vazifalar

                  Karabayeva Kumrinisa Ibragimovna 1985-yilda Rossiya Federatsiyasining Bryansk viloyatida tug‘ilgan.

                  2009-yilda Moskva Davlat asbobsozlik va informatika universitetini “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2015-yilda Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligining Rossiya yuridik akademiyasini tugatib, moliyaviy yurist malakasini olgan.

                  Moliyaviy sohada 20 yildan ortiq professional tajribaga ega. Mehnat faoliyatini 2000-yilda boshlagan, 2005-yildan boshlab Rossiya Federatsiyasining bir qator yirik moliyaviy institutlarida – jumladan, Federal soliq xizmati, “Ekstrobank”, “Santander Consumer Bank”, “Rublovskiy” banki, VTB va “Alfa-Bank”da turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

                  Kasbiy faoliyati davomida iqtisodchi lavozimidan tortib boshqaruv darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Moliyaviy tahlil, operatsiyalarni monitoring qilish va operatsion faoliyatni boshqarish sohalarida ixtisoslashgan.

                  Rus va ingliz tillarini erkin biladi.

                  2025-yil iyun oyidan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Bosh operatsion direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

                  Operatsion bosh direktori K. Karabayeva quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

                  • Loyiha boshqaruvi departamenti;

                  • Operatsion departament


                    Oxirgi yangilanish sanasi: 13.01.2026 16:38  
                    up
                    DEMO
                    close
                    Давайте поговорим!
                    close
                    send
                    arrow-left
                    Недавние чаты
                    close
                    История
                    FAQ
                    Сегодня
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    Сегодня
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    Сегодня
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    • Автокредит
                    logo