Bank rahbariyati


Akbarjonov Aziz Akbarjon o'g'li

Photo_3.jpg
  1. Boshqaruv raisi — Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Juma kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha 
  3. Telefon: (+99878) 777 77 55
  4. E-mail: Raisgamurojaat@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Akbarjonov Aziz Akbarjon o'g'li

Boshqaruv Raisi — Boshqaruv a'zosi

Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li 1985-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2008-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini bakalavr darajasida, 2010-yilda esa mazkur universitetning magistratura bosqichini “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining (NBU) Toshkent viloyati bo‘limida Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimida boshlagan.

2018-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori lavozimida ish boshlagan. 2019-yil noyabr oyida Kredit direktori, 2020-yil yanvar oyida esa Kredit bosh direktori (COO) lavozimiga tayinlangan.

2020-yil may oyidan 2023-yil oktyabr oyiga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2023-yil 3-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlangan.


Bank Boshqaruvi Raisi A. Akbarjonov Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga quyidagi tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratini amalga oshiradi:

  • Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti;

  • Ichki xavfsizlik departamenti;

  • Birinchi bo‘lim;

  • Yuridik departament;

  • Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamenti;

  • Bankni strategik rivojlantirish departamenti;

  • Axborotlarni muhofaza qilish markazi;

  • Kredit qo‘mitasi ishiga rahbarlik qilish;

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish.

    Ergashev Anvarjon Abdumajitovich

    1 кв.png
    1. Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi
    2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
    3. Telefon: (+99878) 777 77 55
    4. E-mail: info@sqb.uz
    • Biografiya
    • Vazifalar

    Ergashev Anvarjon Abdumajitovich

    Boshqaruv Raisining birinchi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi

    Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 1973-yil 5-oktabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan.

    1995-yilda Toshkent Moliya Institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

    Mehnat faoliyatini 1993-yilda “Ipak yo‘li” AITB bankida bosh mutaxassis lavozimidan boshlagan. 1998-yilgacha mazkur bankda faoliyat yuritib, Kredit-tijorat investitsiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan.

    1998–2006-yillarda O‘zbek xalqaro banki “Uzprivatbank”da Investitsion loyihalarni baholash, tahlil qilish va kreditlash departamenti boshlig‘i, Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi hamda Boshqaruv Raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    2006–2017-yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Markaziy amaliyot mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2017–2018-yillarda esa Buxgalteriya operatsiyalari nazorati boshqarmasi boshlig‘i hamda Pul muomalasi va kassa amaliyotlari departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

    2018-yil fevral oyida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

    2023-yil dekabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.


    Bank Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari A. Ergashev quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

    • Axborot texnologiyalari departamenti;

    • Sun’iy intellekt departamenti;

    • Bank kartalari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash departamenti;

    • Investitsiya qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish.

      Umarov Davron Shavkatovich

      5 кв.png
      1. Boshqaruv raisi o'rinbosari  — Boshqaruv a'zosi
      2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
      3. Telefon:(+99878) 777 77 55
      4. E-mail: info@sqb.uz
      • Biografiya
      • Vazifalar

      Umarov Davron Shavkatovich

      Boshqaruv Raisi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi

      Umarov Davron Shavkatovich 1987-yil 28-aprelda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

      2008-yilda Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutini “Hududiy iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2010-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida magistr darajasini olgan.

      Mehnat faoliyatini 2008-yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining (NBU) Qo‘qon filialida boshlagan va 2011-yil fevral oyigacha mazkur filialda faoliyat yuritgan.

      2011-yildan 2024-yil yanvarigacha “Asakabank” ATB Qo’qon filialida Valyuta amaliyotlari bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan “Asakabank” AJ bosh ofisida departament direktori lavozimigacha ko‘tarilgan.

      2024-yil 6-yanvarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

      Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari D. Umarov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

      • Ma’muriy xo‘jalik departamenti;

      • Marketing departamenti;

      • “SQB Tower” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish.

        Abduvaliev Sanjar Abdurahmonovich

        2 кв.png
        1. Boshqaruv raisi o'rinbosari  — Boshqaruv a'zosi
        2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
        3. Telefon: (+99878) 777 77 55
        4. E-mail: info@sqb.uz
        • Biografiya
        • Vazifalar

        Abduvaliev Sanjar Abdurahmonovich

        Boshqaruv Raisi o'rinbosari — Boshqaruv a'zosi

        Abduvaliev Sanjar Abdurahmonovich 1988-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

        2009-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2011-yilda mazkur universitetda magistr darajasini olgan.

        2011-yil iyul oyidan 2024-yil may oyigacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki (NBU) hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kabi qator tashkilotlarda turli lavozimlarda faoliyat yuritib, 1-toifali mutaxassis lavozimidan Toshkent shahar hududiy boshqarmasi rahbari lavozimigacha ko‘tarilgan.

        2024-yil 10-maydan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.


         Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari S. Abduvaliyev quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

        • Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti;

        • Kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti;

        • Kredit monitoring va nazorati departamenti;

        • Undiruv markazi;

        • “Asaka Agro star” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

        • “Beruniy Agro star” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

        • Muammoli qarzdorliklar bilan ishlash qo‘mitasi ishiga rahbarlik qiladi.

          Xakimov Abdurashid Baxrom o‘g‘li

          2 кв.png
          1. Boshqaruv raisi o'rinbosari 
          2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
          3. Telefon: (+99878) 777 77 55
          4. E-mail: info@sqb.uz
          • Biografiya
          • Vazifalar

          Xakimov Abdurashid Baxrom o‘g‘li

          Boshqaruv Raisi o'rinbosari

          Xakimov Abdurashid Baxrom o‘g‘li 1996-yil 14-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

          2018-yilda Xalqaro Vestminster Universitetini “Moliya va iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha, 2022-yilda esa Germaniyaning Eberxard Karl nomidagi Tyubingen Universitetini “Moliyaviy menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

          Mehnat faoliyatini 2018-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda Investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamentining Bazaviy tarmoqlar loyihalarini moliyalashtirish va monitoring qilish boshqarmasi Xalqaro moliya institutlari bilan ishlash bo‘limida 2-toifali mutaxassis lavozimida boshlagan.

          Bankdagi faoliyati davomida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik, korporativ bank xizmatlari, savdoni moliyalashtirish, strukturalashtirilgan moliyalashtirish hamda investorlar bilan ishlash yo‘nalishlarida qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, 1-toifali mutaxassis, bosh mutaxassis, Savdoni moliyalashtirish va kafolatlar bo‘limi boshlig‘i, Korporativ biznes uchun mahsulotlar ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i, Strukturalashtirilgan moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Korporativ biznes departamenti direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

          2021-yil avgust oyidan 2022-yil iyun oyiga qadar “Oq-Saroy Textile” MCHJda moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga qaytib, Korporativ biznes departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyatini davom ettirgan.

          2023-yil dekabr oyidan 2026-yil may oyiga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

          2026-yil 20-maydan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.



          Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari А. Xakimov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

          • G‘aznachilik departamenti;

          • Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti;

          • “Sustainable Finance” departamenti;

          • Kreditlash departamenti;

          • Investitsion banking departamenti (investitsiyalarni jalb qilishga, o‘zlashtirishga va shu sohadagi boshqa topshiriqlarni ijrosiga shaxsan javob beradi);

          • “SQB Insurance” MCHJ faoliyatini muvofiqlashtirish;

          • “SQB Capital” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

          • Bank nomidan kafolat va kafilliklarni imzolash;

          • “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga rahbarlik qilish (eksport, investitsiyalar va shu sohadagi boshqa topshiriqlarni ijrosiga shaxsan javob beradi).

            Goroxov Yevgeniy Yuryevich

            6.png
            1. Risk bosh direktori — Boshqaruv a'zosi
            2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
            3. Telefon: (+99878) 777 77 55
            4. E-mail:  info@sqb.uz
            • Biografiya
            • Vazifalar

            Goroxov Yevgeniy Yuryevich

            Risk bosh direktori (CRO) — Boshqaruv a'zosi

            Goroxov Yevgeniy Yuryevich 1974-yil 28-aprelda Moskva shahrida tug‘ilgan.

            1997-yilda Moskva shahridagi S. Orjonikidze nomidagi Davlat Boshqaruv Akademiyasini, 2000-yilda esa G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Davlat Iqtisodiyot Akademiyasini tamomlagan. Shuningdek, ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish, vaqtni boshqarish, vazifalar va xodimlarni boshqarish, jamoada ishlash hamda taqdimotlarni tayyorlash va o‘tkazish yo‘nalishlarida qo‘shimcha malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

            Risklarni boshqarish va kreditlash sohasida 25 yildan ortiq professional tajribaga ega. Yetakchi davlat va xususiy xalqaro banklarda, jumladan EXIMBANK va Bank Otkritie FCda Risklar bo‘yicha bosh direktor (CRO) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

            Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Jahon banki guruhida sakkiz yildan ortiq vaqt davomida katta maslahatchi sifatida faoliyat yuritib, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari banklari bilan amalga oshirilgan qator loyihalarda ishtirok etgan.

            Kasbiy faoliyati davomida kompleks risklarni boshqarish tizimini shakllantirish, kredit va operatsion risklarni boshqarish, kredit jarayonlari va kreditlash metodologiyasini rivojlantirish, muammoli qarzdorlikni monitoring qilish va undirish tizimlarini joriy etish, firibgarlikning oldini olish, biznes-jarayonlarni tahlil qilish hamda yangi bank mahsulotlarini joriy etishga ixtisoslashgan.

            2025-yil dekabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi a’zosi — Risklar bo‘yicha bosh direktor (CRO) lavozimida faoliyat yuritmoqda.

            Risk bosh direktori E. Goroxov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

            • Risk menejment departamenti;

            • Kreditlarni ma’qullash departamenti;

            • Komplayens-nazorat departamenti.

              Vaqtincha vakant


              1. Boshqaruv raisi o'rinbosari 
              2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
              3. Telefon: (+99878) 777 77 55
              4. E-mail: info@sqb.uz
              • Biografiya
              • Vazifalar

               Bank Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari  quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

              • Korporativ markaz;

              • O‘rta biznes markazi;

              • Agrosanoat klasterlarini moliyalashtirishni muvofiqlashtirish departamenti.

              Norov Timur Olimovich

              6.png
              1. Biznes bosh direktori v. b.
              2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
              3. Telefon: (+99878) 777 77 55
              4. E-mail:  info@sqb.uz
              • Biografiya
              • Vazifalar

              Norov Timur Olimovich

              Biznes bosh direktori v. b.

              Norov Timur Olimovich 1989-yilda tug‘ilgan.

              2011-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

              Mehnat faoliyatini 2012-yilda “Hamkorbank” ATBda boshlagan.

              2013-yildan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida faoliyat yuritib, korporativ va chakana kreditlash, jumladan, ipoteka kreditlash hamda kichik biznesni moliyalashtirish yo‘nalishlarida turli lavozimlarda ishlagan.

              2017-yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, kichik va o‘rta biznesni kreditlash yo‘nalishidagi boshqarmalarga rahbarlik qilgan hamda Bankning tegishli departamentlari direktori lavozimlarida ishlagan.

              2021–2023-yillarda Axborot texnologiyalari departamenti direktor o‘rinbosari, keyinchalik direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yilda Raqamli biznes departamenti rahbari etib tayinlangan.

              2025-yil aprel oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Bosh Biznes Direktori (CBO) vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

              Biznes bosh direktori v.b T. Norov quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

              • Raqamli biznes departamenti;

              • Chakana biznes departamenti;

              • Bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti;

              • Mikro va kichik biznes departamenti;

              • Aloqa markazi;

              • “SQB Factoring tashkiloti” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

              • “SQB Mikromoliya tashkiloti” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish.

                Ekler Orsolya

                1 кв.png
                1. Moliya bosh direktori — Boshqaruv a'zosi 
                2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
                3. Telefon: (+99878) 777 77 55
                4. E-mail:  info@sqb.uz
                • Biografiya
                • Vazifalar

                Ekler Orsolya

                Moliya bosh direktori — Boshqaruv a'zosi

                Ekler Orsolya 1971-yil 27-avgustda Vengriyaning Zalaegerszeg shahrida tug‘ilgan.

                1996-yilda Drezden Texnika Universitetini Ekonometrika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shuningdek, bank kontrollingi, buxgalteriya hisobi, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) hamda ijro etuvchi menejment yo‘nalishlarida malaka oshirish dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan.

                Mehnat faoliyatini 1994-yilda boshlagan bo‘lib, bank sohasida moliyaviy boshqaruv va risklarni boshqarish yo‘nalishlarida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1998–2005-yillar davomida Erste Bank Hungary’da Nazorat va hisobot departamenti direktori, Nazorat, buxgalteriya hisobi va bozor risklarini boshqarish bo‘limi rahbari hamda Nazorat va bozor risklarini boshqarish bo‘yicha boshqaruvchi direktor lavozimlarida ishlagan.

                2007–2013-yillarda Qozog‘istonning Nurbank va Alliance Bank banklarida yuqori moliyaviy rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2013–2016-yillarda esa Rossiyadagi MOL-Russ kompaniyasida Moliyaviy direktor sifatida ishlab, MOL guruhining Rossiya va Ukrainadagi moliyaviy faoliyatini boshqargan.

                2017-yildan buyon Vengriyaning yetakchi moliya institutlari uchun Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ni joriy etish va bank tizimlarini transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiruvchi mustaqil maslahatchi va loyiha menejeri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

                Hozirda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Moliya bosh direktori (CFO) hamda Boshqaruv a’zosi lavozimida faoliyat yuritmoqda.


                Moliya bosh direktori O. Ekler quyidagi tarkibiy bo‘linmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

                • Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti;

                • Moliyaviy menejment markazi;

                • Xaridlarni tashkil etish xizmati;

                • Aktivlar va passivlar xizmati;

                • Xalqaro moliyaviy hisobotlar va konsalting departamenti;

                • Ma’lumotlarni boshqarish markazi;

                • Bank mahsulotlarini boshqarish qo‘mitasiga rahbarlik qilish.

                  Kozlov Sergey Aleksandrovich

                  1 кв.png
                  1. Boshqaruv Raisi maslahatchisi — Sun’iy intellekt bo’yicha Bosh direktor
                  2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
                  3. Telefon: (+99878) 777 77 55
                  4. E-mail:  info@sqb.uz
                  • Biografiya
                  • Vazifalar

                  Kozlov Sergey Aleksandrovich

                  Boshqaruv Raisi maslahatchisi — Sun’iy intellekt bo‘yicha Bosh direktor

                  Kozlov Sergey Aleksandrovich 1978-yil 17-iyunda Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu shahrida tug‘ilgan.

                  2000-yilda Moskva Davlat Fuqaro Aviatsiyasi Texnika Universitetini “Amaliy matematika” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

                  Mehnat faoliyatini 2000-yilda “Aeroflot - Rossiya Xalqaro Aviayo‘llari” OAJda boshlagan. Mazkur tashkilotda muhandis-texnolog, bo‘lim boshlig‘i hamda Axborot texnologiyalari departamenti direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

                  2015–2018-yillarda “Amadeus” MChJ Operatsion departamenti direktori lavozimida ishlagan. 2019–2024-yillarda “Rossiya Sberbanki”ning Sun’iy intellekt laboratoriyasiga rahbarlik qilgan. 2024–2025-yillarda federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Axborotni uzatish muammolari va ma’lumotlarni tahlil qilish kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan.

                  2026-yil 3-fevraldan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisi maslahatchisi - Sun’iy intellekt bo‘yicha bosh direktor (CAIO) lavozimida faoliyat yuritmoqda.

                  Boshqaruv Raisi maslahatchisi — sun’iy intellekt bo‘yicha bosh direktor S. Kozlov Sun’iy intellekt departamenti faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning vazifa hamda funksiyalari samarali bajarilishini ta’minlaydi.

                  O‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:

                  • Bankning raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt strategiyasini ishlab chiqish, amalga oshirish hamda yo‘l xaritasini shakllantirish;
                  • sun’iy intellekt tashabbuslarini tanlash va ustuvorlashtirish, loyihalar portfelini boshqarish, tajriba loyihalarini ishga tushirish hamda muvaffaqiyatli yechimlarni keng joriy etish;
                  • biznes bo‘linmalar bilan birgalikda foydalanish holatlarini aniqlash, biznes talablarini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
                  • sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish yechimlarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish, joriy etish va ularning to‘liq hayotiy siklini boshqarish;
                  • MLOps infratuzilmasini rivojlantirish, sun’iy intellekt yechimlarini Bankning axborot tizimlari va IT arxitekturasi bilan integratsiya qilish;
                  • model xatarlari va sun’iy intellekt bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish, loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va natijadorligini baholash;
                  • tashqi yetkazib beruvchilar va hamkorlar bilan ishlash, jarayonlar, reglamentlar va metodologiyalarni ishlab chiqish;
                  • loyihalarni hujjatlashtirish, auditga tayyorgarlik ko‘rish, Bank rahbariyatiga hisobotlar taqdim etish, o‘zgarishlarni boshqarish va foydalanuvchilarni tayyorlash.

                  Sadirov Durbek Meylijonovich

                  1 кв.png
                  1. Global bozorlar va moliyalashtirish bo‘yicha bosh direktor
                  2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
                  3. Telefon: (+99878) 777 77 55
                  4. E-mail:  info@sqb.uz
                  • Biografiya
                  • Vazifalar

                  Sadirov Durbek Meylijonovich

                  Global bozorlar va moliyalashtirish bo‘yicha bosh direktor

                  Sadirov Durbek Meylijonovich 1986-yil 30-sentyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

                  2009-yilda Toshkent Moliya Institutini “Bank Ishi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

                  Mehnat faoliyatini 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Bankining (NBU) G‘aznachilik departamentida boshlagan. Mazkur departamentda Xorijiy valyuta va qimmatbaho metallar bilan operatsiyalar bo‘limida 1-toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassis hamda bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

                  2014-yilda “O‘zprommashimpeks” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida buxgalteriya bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimida ishlagan. Shundan so‘ng “Asia Alliance Bank” ATBda 2014–2022-yillarda g‘aznachilik, strategik rivojlanish hamda aktivlar va passivlarni boshqarish yo‘nalishlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

                  2022-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB G‘aznachilik departamenti direktori o‘rinbosari - Aktivlar va passivlarni boshqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. 2022–2026-yillarda G‘aznachilik departamenti direktori hamda G‘aznachilik va treyding departamenti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

                  2026-yil 8-iyundan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Global bozorlar va moliyalashtirish bo‘yicha bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.


                  Global bozorlar va moliyalashtirish bo‘yicha bosh direktor D. Sadirov quyidagi tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi:

                  • G‘aznachilik va treyding departamenti;
                  • Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti;
                  • Sustainable Finance departamenti.

                  O‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni ta’minlaydi:

                  • Bankning qisqa muddatli likvidligini boshqarish va g‘aznachilik operatsiyalarini muvofiqlashtirish;
                  • moliya institutlari va investorlardan moliyaviy resurslar hamda qarz kapitalini jalb qilish;
                  • xalqaro va mahalliy banklar, investorlar hamda reyting agentliklari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
                  • xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari bilan muzokaralar olib borish va IPO jarayoniga tayyorgarlikni muvofiqlashtirish;
                  • Bankning barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirish va ESG tamoyillarini joriy etish;
                  • barqaror, shu jumladan «yashil» kredit liniyalari va grant mablag‘larini jalb qilish.

                  Aminova Umida Paziljanovna

                  1 кв.png
                  1. Boshqaruv a’zosi — Yuridik departament direktori
                  2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
                  3. Telefon: (+99878) 777 77 55
                  4. E-mail:  info@sqb.uz
                  • Biografiya
                  • Vazifalar

                  Aminova Umida Paziljanovna

                  Boshqaruv a’zosi — Yuridik departament direktori

                  Aminova Umida Paziljanovna 1979-yil 16-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

                  2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2009-yilda esa Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — yurisprudensiya, huquqshunoslik.

                  Mehnat faoliyatini 1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutida boshlagan. 2003–2006-yillarda Toshkent shahar xo‘jalik sudida sud majlisi kotibi lavozimida ishlagan.

                  2006-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi faoliyatini boshlagan. Bankda yuridik xizmatning yetakchi va bosh mutaxassisi, shuningdek, Toshkent shahar mintaqaviy filialining yuridik bo‘linmasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

                  2015–2016-yillarda “Turonbank” ATB Yuridik departamentida ishlab, muammoli aktivlar bilan ishlash bo‘linmasiga rahbarlik qilgan.

                  2016-yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga qaytgan. Turli yillarda Yuridik departamentning shartnomaviy-huquqiy yo‘nalishidagi bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarida, jumladan boshqarma boshlig‘i va departament direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

                  2026-yil 18-maydan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yuridik departamenti bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda hamda Bank Boshqaruvi a’zosi hisoblanadi.

                  Vaqtincha vakant


                  1. Bosh operatsion direktori
                  2. Qabul kunlari: haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
                  3. Telefon: (+99878) 777 77 55
                  4. E-mail:  info@sqb.uz
                  • Biografiya
                  • Vazifalar

                  Oxirgi yangilanish sanasi: 15.06.2026 17:08  
                  up
                  logo
                  DEMO
                  close
                  Давайте поговорим!
                  close
                  send
                  arrow-left
                  Недавние чаты
                  close
                  История
                  FAQ
                  Сегодня
                  • Автокредит
                  • Автокредит
                  • Автокредит
                  Сегодня
                  • Автокредит
                  • Автокредит
                  • Автокредит
                  Сегодня
                  • Автокредит
                  • Автокредит
                  • Автокредит
                  • Автокредит
                  • Автокредит