Kuzatuv kengashi va uning qo'mitalari


  • Kuzatuv kengashi
  • Kuzatuv kengashi huzuridagi qo'mitalar

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq, Bankning Kuzatuv Kengashi quyidagi tarkibda saylandi:

  • Isakov Odilbek Rustamovich
  • Bank Kengashi Raisi

  • Infrasia Capital tasisischilaridan biri va bosh direktori (London, Buyuk Britaniya).

  • Muxtarov Ulugʻbek Xakimovich
  • Bank Kengashi Raisi o'rinbosari

  • O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori o'rinbosari

  • Otajonov Murodbek Bekberganovich
  • Bank Kengashi a'zolari

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

  • Ansell Matthew John
  • “Franklin Templeton Asset Management” XK MChJ vakili.

Bank Kengashi a’zolari tarkibidagi mustaqil a’zolar

  • Ayzup Yuliya Aleksandrovna
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi mustaqil a'zosi

  • Tuinstra Ferdinand Willem
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi mustaqil a'zosi

  • Chiladze Georgiy
  • Kuzatuv kengashining mustaqil a'zosi

  • Ulyanova Olga Gennadevna
  • O‘zsanoatqurilishbank ATB Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

  • Ayupova Sayyora Yakupovna
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi mustaqil a'zosi

  • Ahmedov Umid Mashrapovich
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi mustaqil a'zosi

  • Mangold Hans Christoph
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi mustaqil a'zosi


Qo‘mita raisi: Muxtarov Ulugʻbek Xakimovich
Qo‘mita a’zolari: Ayzup Yuliya Aleksandrovna, Ayupova Sayyora Yakupovna

Qo‘mitaning asosiy vazifasi Bank Kuzatuv kengashi vakolatiga kiruvchi ichki va tashqi audit faoliyatini tashkil etish, uning mustaqilligi va tegishli sifatini ta’minlash bilan bog‘liq eng muhim masalalarni dastlabki ko‘rib chiqishdan iborat. Qo‘mita mazkur masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun Kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlaydi, Bankning ichki va tashqi audit, moliyaviy hisobot hamda axborotni oshkor etish sohalaridagi siyosatlarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi, shuningdek, auditorlarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qiladi.

Qo‘mita raisi: Ulyanova Olga Gennadevna
Qo‘mita a’zolari: Georgiy Chiladze, Ansell Matthew John

Qo‘mitaning asosiy vazifasi Bankning risklarni boshqarish tizimini nazorat qilish hamda risklarni boshqarish Risk-appetit siyosati, Risklarni boshqarish strategiyasi, Bankning rivojlanish strategiyasi, xalqaro amaliyot va komplayens-nazorat standartlari, shuningdek, Bank Kuzatuv Kengashi tomonidan belgilangan boshqa parametrlar asosida amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.

Qo‘mita raisi: Ahmedov Umid Mashrapovich
Qo‘mita a’zolari: Georgiy Chiladze, Atadjanov Murodbek Bekberganovich

Qo‘mitaning asosiy vazifasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda Bankning axborot xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Qo‘mita raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirish, IT infratuzilmasini rivojlantirish, ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxatarlarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiladi. Shuningdek, Qo‘mita kiberxavfsizlik standartlariga rioya etilishini ko‘rib chiqadi hamda raqamli xizmatlarni rivojlantirish va axborot aktivlarini himoya qilish bo‘yicha Kuzatuv Kengashiga tavsiyalar taqdim etadi.

Qo‘mita raisi: Yuliya Aleksandrovna Aizup
Qo‘mita a’zolari: Ansell Matthew John, Muxtarov Ulug‘bek Hakimovich

Qo‘mitaning asosiy vazifasi Bankning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, uning uzoq muddatli samaradorligini baholash hamda strategiya va faoliyatning muayyan yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Kuzatuv Kengashiga tavsiyalar tayyorlashdan iborat. Shuningdek, Qo‘mita Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish, kapitalni boshqarish, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va qayta sotib olish, shuningdek, Bank kapitaliga investorlarni jalb qilish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Qo‘mita raisi: Ferdinand Willem Tuinstra
Qo‘mita a’zolari: Mangold Hans Christoph, Ayupova Sayyora Yakupovna

Qo‘mitaning asosiy vazifasi Bank Kuzatuv Kengashi faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirishdan iborat. Qo‘mita samarali mehnatga haq to‘lash amaliyotlarini shakllantirish, Bank xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari va ularning kasbiy rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarni dastlabki ko‘rib chiqadi. Qo‘mitaning vakolatlariga, shuningdek, kadrlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, Kuzatuv Kengashi va Bank Boshqaruvi a’zolari uchun vorislikni rejalashtirish, Kuzatuv Kengashining professional tarkibi va faoliyati samaradorligini baholash hamda tegishli tavsiyalarni tayyorlash kiradi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 18.08.2026 11:45  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит