img

“Yangicha mikroqarz”


Individual shartlar asosida qulay va ochiq moliyaviy yechim.






“Yangicha mikroqarz” kreditini qanday olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Jismoniy shaxsning kafilligi

  • Garov mol-mulkining bozor qiymati to‘g‘risidagi hisobot

  • Daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma

  • O'zini o'zi band qilganlar uchun ro‘yxatdan o'tganlik hujjati

Kredit Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmaganlarga beriladi.

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kalkulyator

To'lov turini tanlang
Kredit miqdori
Boshqa xizmatlar
Muddati

To'lov jadvali

*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

  • Mikroqarz berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma‘lumotlar

Mikroqarzning maqsadi:

xizmatlar, maishiy ehtiyojlar, ta’mirlash, o‘qish, faoliyatni rivojlantirish va boshqa ehtiyojlar uchun.

Mikroqarz miqdori:

2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha
(boshqa banklardagi amaldagi mikroqarzlar qoldig‘i inobatga olinadi)

Mikroqarz muddati:

3 oydan 48 oygacha

Foiz stavkasi:

yillik 24% — 29%
(KATM balliga qarab individual belgilanadi)

To'lov oraliq davri:

har oy

To‘lov usuli:

  • аnnuitet - muntazam vaqt oralig'ida teng miqdorda
  • differensial - hajmi kamayib boruvchi miqdor

Bankda ro‘yxatdan o‘tishda mikroqarzni ta‘minlash:

Kredit miqdoriga qarab quyidagi ta’minotlardan biri talab qilinishi mumkin:

- jismoniy shaxslar kafilligi (3 nafargacha)
- kredit qaytmaslik xavfi bo‘yicha sug‘urta polisi
- 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi
- noturar joy


O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun:

- kredit faqat garov ta’minoti mavjud bo‘lganda taqdim etiladi
- garov sifatida ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi yoki noturar joy qabul qilinadi

Garov talablari:

  • ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125%, bankka aloqador shaxslar uchun — kamida 130%.

  • Pul mablag‘larini berish shakli:

  • qarz oluvchining bank kartasiga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali yoki milliy valyutada naqd shaklda


  • Hujjatlar

    MIKROQARZ KREDIT MAHSULOTI (garov – avtotransport vositasi)

    Yuklab olish
    download

    MIKROQARZ KREDIT MAHSULOTI (garov – uy-joy)

    Yuklab olish
    download

    MIKROQARZ KREDIT MAHSULOTI (kafil)

    Yuklab olish
    download

    MIKROQARZ KREDIT MAHSULOTI (sugurta)

    Yuklab olish
    download

    Ta’minotsiz mikroqarz shartnomasi

    Yuklab olish
    download

    Kafillik shartnomasi (P5)

    Yuklab olish
    download
    Asosiy talablar:
    • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
    • murojaat vaqtida 18 yoshdan katta va kredit to‘liq so‘ndiriladigan vaqtda 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

    • hujjatlar bilan tasdiqlangan barqaror daromadga ega bo‘lishi;

    • daromadlar kamida so‘nggi 6 oy davomida uzluksiz olingan bo‘lishi;

    • muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

    • avvalgi va joriy kreditlar bo‘yicha 90 kundan ortiq kechiktirish holatlari 2 martadan oshmagan bo‘lishi.


    O‘rtacha oylik daromad

    O‘rtacha oylik daromad bank tomonidan quyidagi manbalar asosida aniqlanadi:

    • so‘nggi 6 oy davomida bank hisobvaraqlari va kartalariga tushgan mablag‘lar;

    • ish haqi, pensiya, foiz va dividend daromadlari;

    • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — asosiy hisobvaraqdagi barcha tushumlarning kamida 20 foizi.

    Barcha daromadlar kamida 6 oy davomida barqaror bo‘lishi shart.


    O‘zini o‘zi band qilganlarga talablar
    • soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi

    • 5 yildan oshmagan avtomobil yoki noturar joy ta’minoti

    • daromadlar so‘nggi 6 oy tushumlari bilan tasdiqlanishi shart


    Qarz oluvchi uchun
    • pasport yoki ID-karta

    • daromadlar bo‘yicha ma’lumotlar (bank tizimi tomonidan avtomatik olinadi);

    • ta’minotga oid hujjatlar (zarur hollarda, garov bo‘lsa);

    •  o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun — ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma (zarur hollarda).


    Kafil uchun (zarur bo‘lsa):
    • pasport yoki ID-karta

    • daromadlar to‘g‘risida ma’lumotlar

    • kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar bank tomonidan tekshiriladi.


    Ehtimol, sizni qiziqtirishi mumkin

    Orzuingizdagi uy
    ipotekaga yillik 17 % dan

    Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun berilgan.

    Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 17 % dan
    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Savollarga javoblar

    - Ha, SQB kartasining mavjudligi majburiy. Biroq, siz SQB virtual kartasini JOYDA mobil ilovasi orqali -onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.
    - Skoring amaliyotidan o‘tish uchun siz ish haqi kartasining raqamini ko‘rsatishingiz kerak.
    - Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
    - Rasmiy ish joyiga ega bo‘lish arizani tasdiqlash uchun majburiy talab hisoblanadi. Ammo, agar siz nafaqaxo‘r bo‘lsangiz, nafaqa to‘lovlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsangiz, so‘nggi 6 oy ichida asosiy hisob raqamdan kamida 10% aylanmani tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
    - Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
    - Verifikatsiya-bu yuzni aniqlash texnologiyasiga (face ID) asoslangan MyID tizimi orqali identifikatsiyani tekshirishni o‘z ichiga olgan jarayon.
    - Bu savolga aniq javob berish juda qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun bir yoki bir nechta majburiy shartlarga javob bermadingiz.

    Ehtimoliy sabablar: so‘nggi 6 oy davomida barqaror daromadning yo‘qligi, past kredit reytingi, arizada noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar, yosh yoki fuqarolik talablariga mos kelmaslik, shuningdek, yuqori kredit yuklamasi.
    - 5 daqiqada. Biroq, tizimda yoki bankning EXHT-da nosozliklar bo‘lsa, vaqtni uzaytirish mumkin va uni aniq bilish qiyin.
    – Ha, siz bank ofisida mikroqarz rasmiylashtirish orqali tasdiqlangan summani naqd pul ko‘rinishida olishingiz mumkin.
    Ha, mijoz xohishiga ko‘ra, kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta to‘lovi kredit summasiga qo‘shilishi mumkin


    Oxirgi yangilanish sanasi: 19.12.2025 18:10  
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo