Ta'lim krediti


Kelajakingiz uchun bilimga sarmoya qiling!

"Ta'lim" krediti

Kredit miqdori

To‘lov-kontrakt asosida

Yillik stavka

14 % gacha

Kredit muddati

11 yilgacha

Imtiyozli davr

6 oy

Ta'lim kreditini qanday qilib olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang (unda ko`rsatilgan miqdor oliygoh hisobvarag`iga o`tkaziladi)

Yangi bilimlarga intiling!


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma

  • Pullik ta'lim shartnomasi

  • Kreditni ta'minlash bo'yicha hujjatlar

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlik haqida ma’lumotnoma (agar tegishli bo‘lsa)

Kredit O'zbekiston Respublikasining 70 yoshgacha bo'lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
Axborot varaqasi
Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar
  • Ta'minotga talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy va professional ta’lim tashkilotlarida bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilarning kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun.

Kredit muddati:

rasmiy o‘qishni yakunlash sanasi + 6 oy imtiyozli davr + 7 yil

Kredit miqdori:

oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorigacha.

oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun GPA ko‘rsatkichi hisobga olinadi:

  • GPA 3 dan past bo‘lsa — to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80% miqdorida. Bunda dastlabki 20% talaba tomonidan to‘langandan keyin kredit ajratiladi;
  • GPA 3 va undan yuqori bo‘lsa hamda (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Kredit foiz stavkasi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida (14%).

Xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan ta’lim krediti bo‘yicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Markaziy bank asosiy stavkasi pasaytirilsa, kredit foizi mutanosib ravishda pasaytiriladi. Asosiy stavka oshirilsa, kredit foizi o‘zgarmaydi.

Imtiyozli davr:

talabaning rasmiy o‘qishni tamomlash muddati + 6 oy

To‘lov grafigi:

differensial

Mahsulotni olish usuli:

to‘lov-kontrakt shartnomasiga asosan ta’lim muassasasi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.



Hujjatlar

Ta'lim kreditlariga shartnoma

Yuklab olish
download

Jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat koʼrsatish boʼyicha ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

“SQB MOBILE” mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

Onlayn kreditlarni sug‘urtalash bo‘yicha ommaviy oferta

Yuklab olish
download
Qarz oluvchilarga qo‘yiladigan talablar
  • ta’lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 70 yoshdan oshmagan (70 yosh ham kiradi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • doimiy ish joyiga ega bo‘lishi yoki ish haqi, pensiya, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, shuningdek kredit bo‘yicha foizlar va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oy to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonunchilikda taqiqlanmagan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi.

Ta’minot talablari

Ta’minot turlari:

  • 200 BHMgacha — jismoniy shaxs kafilligi va/yoki sug‘urta polisi.
  • 200 BHMdan ortiq — ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi.
  • 200 BHMdan ortiq — ko‘chmas mulk (turar joy bo‘lsa, ro‘yxatda hech kim turmasligi lozim).

Garov qiymati:

kredit summasining kamida 125%

aloqador shaxslar uchun — kamida 130%


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta;
  • Talaba bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi hamda hisobvaraq-faktura (mavjud bo‘lsa);
  • Rasmiy daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Ta’lim krediti ta’minotiga oid hujjatlar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlik haqida ma’lumotnoma (agar tegishli bo‘lsa).

Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.


Hujjatlar

Ta`lim krediti berish bo`yicha shartnoma

Yuklab olish
download

Ehtimol, sizni qiziqtirishi mumkin

Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun berilgan.

Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 17 % dan
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.03.2026 10:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит