Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling
Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting
Bank bilan kredit shartnomasini imzolang (unda ko`rsatilgan miqdor oliygoh hisobvarag`iga o`tkaziladi)
Yangi bilimlarga intiling!
Pasport yoki ID-karta
Daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma
Pullik ta'lim shartnomasi
Kreditni ta'minlash bo'yicha hujjatlar
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlik haqida ma’lumotnoma (agar tegishli bo‘lsa)
Kredit O'zbekiston Respublikasining 70 yoshgacha bo'lgan fuqarolariga beriladi

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Kreditning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy va professional ta’lim tashkilotlarida bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilarning kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun.
Kredit muddati:
rasmiy o‘qishni yakunlash sanasi + 6 oy imtiyozli davr + 7 yil
Kredit miqdori:
oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorigacha.
oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun GPA ko‘rsatkichi hisobga olinadi:
Kredit foiz stavkasi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida (14%).
Xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan ta’lim krediti bo‘yicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Markaziy bank asosiy stavkasi pasaytirilsa, kredit foizi mutanosib ravishda pasaytiriladi. Asosiy stavka oshirilsa, kredit foizi o‘zgarmaydi.
Imtiyozli davr:
talabaning rasmiy o‘qishni tamomlash muddati + 6 oy
To‘lov grafigi:
differensial
Mahsulotni olish usuli:
to‘lov-kontrakt shartnomasiga asosan ta’lim muassasasi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.
Ta’minot turlari:
Garov qiymati:
kredit summasining kamida 125%
aloqador shaxslar uchun — kamida 130%
Shuningdek, qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

