Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisidan oling
Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting
Bank bilan kredit shartnomasini imzolang va mablag‘lar tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi (naqd pulsiz yo‘l bilan)

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
To'lov jadvali
Mikroqarzning maqsadi:
Quyidagi yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish:
— sanoat
— xizmatlar
— savdo
— umumiy ovqatlanish
— turizm
— hunarmandchilik
— kasanachilik
— zargarlik
— qishloq xo‘jaligi (yetishtirish, saqlash, qayta ishlash)
— ishlab chiqarish binolarini qurish va modernizatsiya qilish
Eslatma: Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish yoki ulgurji savdoga, avvalgi kreditlarni to‘lashga yoki foydalanilmaydigan yengil avtomobillar xaridiga yo‘naltirilmaydi.
Mikroqarz miqdori:
100 million so‘mgachaMikroqarz muddati:
5 yilgacha
Imtiyozli davr:
Asosiy qarz bo‘yicha – 12 oygacha
Foiz to‘lovlari bo‘yicha – 3 oygacha
(Imtiyozli davr faqat differensial to‘lov usulida qo‘llaniladi.)
To'lov oraliq davri:
Har oyda
To‘lov usuli:
Differensial yoki annuitet tartibida
Yillik foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasi + 4 %
Taqdim qilinadigan taʼminot turlari:
Quyidagi ta’minot turlaridan biri qabul qilinadi:
— uchinchi shaxs kafilligi
— kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi
— noturar joy
— 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi
Ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125 % bo‘lishi lozim
Qoʻshimcha shartlar va izohlar:
— kredit Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi
— kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish monitoring qilinadi
— kredit to‘liq yopilgandan so‘ng qayta foydalanish mumkin
— bank xodimlari va aloqador shaxslarga kredit ajratilmaydi
— 18 yoshdan 30 yoshgacha (30 yosh ham kiradi) bo‘lishi
— o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi
— ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lishi
— kreditni qaytarish uchun yetarli daromadga ega bo‘lishi
— biznes-rejaga ega bo‘lishi
— muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi
Qo‘shimcha
— oxirgi 24 oy uchun kredit tarixi o‘rganiladi
— oxirgi 24 oyda 90 kundan ortiq kechikish 2 martadan ko‘p bo‘lsa, kredit ajratilmaydi
— qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi lozim
Kerakli hujjatlar (batafsil)
— pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat
— daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
— yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnoma
— ta’minotga doir hujjatlar
— o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida hujjat
— ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat
Bank amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega

