"Yangi Toshkent" ipoteka


Ipoteka krediti, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hamda bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

"Yangi Toshkent" ipoteka

Kredit summasi

800 mln so‘mgacha

Yillik foiz stavkasi

18 %

Kredit muddati

20 yilgacha

Dastlabki to'lov

20 % dan
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing

Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling


To'lov turini tanlang

dan kam bo'lmagan miqdorda 20 Uy-joyning narxi
20 580 542
Oylik to‘lov

Yillik foiz miqdori (%)


To'lov jadvali
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


Orzuingizdagi hayotni biz bilan amalga oshiring
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Sotib olish shartnomasi

Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilingan sanadagi yoshi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga beriladi.

Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
Download SQB MOBILE

Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Daromadni tasdiqlash
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi

Yangi Toshkent loyihasi doirasida birlamchi bozordagi ko‘p kvartirali uydan kvartira qurilishini ulush kiritish asosida moliyalashtirish

Kredit maksimal miqdori:

800 000 000 so‘mgacha

  • Toshkent viloyati uchun — 380 mln so‘mgacha;
  • Toshkent shahri uchun — 480 mln so‘mgacha.

Kvartira qiymatining qolgan qismi mahsulot shartlarida belgilangan tartibda bank mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.

Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:

uy-joy qiymatining kamida 20%i.

(auksion orqali amalga oshirilgan to‘lovlar boshlang‘ich badal sifatida inobatga olinishi mumkin).

Kreditning maksimal muddati:

20 yilgacha

To’lov usuli:

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial

Imtiyozli davr:

6 oygacha (differensial to‘lov jadvali bo‘yicha)

Foiz stavkasi:

yiliga 18%

Agar kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng kvartira 30 kun ichida bankka garov sifatida rasmiylashtirilmasa, garov rasmiylashtirilgunga qadar foiz stavkasi vaqtincha yiliga 27%gacha oshiriladi.

Ta’minot:

Uy foydalanishga topshirilib, kvartiraga mulk huquqi rasmiylashtirilguniga qadar ta’minot sifatida sotib olinayotgan kvartiraga bo‘lgan talab huquqi qabul qilinishi mumkin.

Bank foydasiga ipoteka rasmiylashtirilguniga qadar ta’minot quyidagi shakllarning birida yoki bir nechtasida taqdim etilishi mumkin:

  • kredit qaytmasligi xatari sug‘urta polisi;
  • jismoniy yoki yuridik shaxs kafilligi;
  • boshqa ko‘chmas mulk.

Qo'shumcha ma'lumot:

  • LTV 80%dan kam bo‘lmasligi lozim (ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi kerak);
  • bank bilan aloqador shaxslar uchun — kamida 130%.

Hujjatlar

Shartnoma

Yuklab olish
download
Asosiy talablar

Qarz oluvchi (yoki birgalikdagi qarz oluvchi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • murojaat qilingan sanadagi yoshi 18 yoshdan 60 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lishi;
  • kreditni qaytarish uchun yetarli bo‘lgan doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • amaldagi kreditlar, mikrozaymlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • mazkur dastur doirasida ipoteka krediti birinchi marta rasmiylashtirilayotgan bo‘lishi
    (2024-yil 1-maygacha olingan kreditlar inobatga olinmaydi);
  • kvartira qiymatining kamida 20%i miqdorida boshlang‘ich badal mavjud bo‘lishi.

5 nafargacha birgalikdagi qarz oluvchini jalb qilishga ruxsat etiladi.

Maksimal qarz yuki — tasdiqlangan daromadning 50%idan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Bank oxirgi 24 oy uchun kredit tarixini o‘rganadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun

2026-yil 1-apreldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun «Yangi Toshkent» mahsuloti bo‘yicha kredit rasmiylashtirishda ijtimoiy soliq to‘langanligi tasdiqlanishi talab etiladi:

  • 2026-yilda — oxirgi 1 yil uchun;
  • 2027-yilda — oxirgi 2 yil uchun;
  • 2028-yildan boshlab — oxirgi 3 yil uchun.


Daromadni tasdiqlash

To‘lovga layoqatlilikni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

  • so‘nggi 6 oy uchun ish haqi;

  • pensiya daromadlari;

  • yakka tartibdagi tadbirkor daromadlari;

  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs daromadlari;

  • bank hisobvaraqlariga tushumlar;

  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

Daromad soliqlar chegirilgan holda hisobga olinadi.

Mavsumiy ishlovchilar uchun oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy daromad tasdiqlanishi mumkin.


Kerakli hujjatlar

Qarz oluvchi taqdim etadi:

Kreditni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    (shu jumladan, bankning tegishli tizimlari orqali elektron shaklda olinishi mumkin);
  • uy-joy qurilishida ulushli ishtirok etish shartnomasi
    (zarur hollarda);
  • auksionda g‘olib bo‘lganlik va to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjat
    (agar kvartira auksion orqali sotib olinayotgan bo‘lsa);
  • kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar
    (agar garov taqdim etilayotgan bo‘lsa).

Qo‘shimcha ravishda:

  • agar mijoz harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lib, harbiy guvohnomani taqdim etsa, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun, zarur hollarda, ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi;
  • arizani ko‘rib chiqish jarayonida bank belgilangan tartibda qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.03.2026 10:43  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo