Oʻzsanoatqurilishbankda endi “MoneyGram”pul oʻtkazmalari


MoneyGram-jismoniy shaxslar uchun tezkor xalqaro pul oʻtkazmalari tizimidir. Mamlakat qamrovi va xizmat koʻrsatish shoxobchalari soni boʻyicha dunyodagi ikkinchi yirik pul oʻtkazmalari tizimi hisoblanadi.

Oʻtkazma joʻnatigandan soʻng bir necha daqiqa ichida qabul qiluvchi joʻnatigan pulni olish uchun MoneyGram xizmat koʻrsatish shoxobchasiga murojaat etishi mumkin. MoneyGram yordami bilan siz butun dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlarga pul yuborishingiz mumkin.

Dunyoning istalgan joyida pul oʻtkazish uchun sarflangan oʻrtacha vaqt kechikishlar yoki noqulayliklarsiz 10-15 daqiqani tashkil yetadi. Oʻtkazmalar faqat AQSH dollarida amalga oshiriladi. MoneyGram hamkorining istalgan filialida pul oʻtkazmasini olishingiz mumkin. MoneyGramning afzalliklari, oʻtkazma tezligidan tashqari - tizimning soddaligi va ishonchliligidir.

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun pul oʻtkazmalari 100,0 mln. soʻm ekvivalentidan oshmagan miqdorda boʻlishi kerak, MoneyGram tizim orqali 1 ta oʻtkazmaning maksimal miqdori 8 000 AQSH dollarni tashkil etadi, umumiy miqdori 1 ta joʻnatuvchi yoki qabul qiluvchi oyiga 8 000 AQSH dollardan oshmasligi kerak, shuningdek toʻlov amalga oshirilgan mamlakatda oʻtkazma miqdori boʻyicha maxsus cheklovlarni hisobga olish kerak.

Rossiyada naqd koʻrinishda oʻtkazmalarni olish haqida mahim maʼlumot.


2021 yilning 1 martidan boshlab Rossiyada MoneyGram tizimi orqali naqd pul oʻtkazmalarini qabul qilib olishning faqatgina “Zolotaya Korona” toʻlov tizimining hamkor banklari (5000 dan ortiq filiallari) filiallarida mavjud.

MoneyGram tizimi orqali qabul qilingan naqd koʻrinishdagi pul mablagʻlarini berish komissiya olinmaydi


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up