MUHIM XABAR!


31.10.2025 19:21

Hurmatli mijozlar!

So‘nggi kunlarda firibgarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari, jumladan Adliya vazirligi nomidan “PDF” formatdagi fayl ilova qilingan xatlar tarqatilmoqda.

Ushbu fayllarda zararli dasturlarni yuklab olishga olib keluvchi havola mavjud bo‘lib, uni yuklab olish yoki o‘rnatish orqali firibgarlar sizning qurilmangizdan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Shu boisdan, shubhali fayllar va havolalarni ochmang, ularni darhol o‘chirib tashlashingizni tavsiya qilamiz.

Qurilmangizni muntazam ravishda antivirus dasturi yordamida zararli dasturlardan tekshirib turing.

Shuningdek, internet-bank tizimidagi elektron kalitlar, login va parollarni saqlashda ehtiyotkorlik bilan yondoshing.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB sizning ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu holat yuzasidan barcha mijozlarni ogohlantiradi hamda e’tiborli bo‘lishni so‘raydi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali yoki www.sqb.uz rasmiy saytida olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

07/24/2026 05:46:11 pm
Angren shahridagi SQB bankomati boshqa manzilga ko‘chirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Toshkent viloyati, Angren shahri, Buston MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida, An ...

07/24/2026 05:34:51 pm
Jizzax shahridagi SQB bankomatida vaqtinchalik texnik nosozlik

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, “Zafaron” mehmonxonasi binosida joyl ...

07/24/2026 03:56:35 pm
Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan «REFINANS» krediti va «Qulay imkoniyat» depoziti shartlaridagi o‘zgarishlar

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan amaldagi «REFINANS» kredi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 31.10.2025 19:21  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит