SQB ning ayrim hududlardagi bankomatlarida texnik ishlar olib borilmoqda
10.08.2026 16:08
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Samarqand viloyati Narpay tumanidagi ba’zi bankomatlari texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi:
Oqtosh shahri Zirabuloq ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan Humo bankomatida zarur ehtiyot qismini almashtirish ishlari olib borilmoqda;
“Sarbozor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Xatirchi bekati yonida joylashgan Humo bankomatida ham zarur ehtiyot qismini almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ishlar yakunlangach, bankomatlar odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

42
Boshqa yangiliklar