Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti “Mahalla bankiri” lavozimiga faol, mas’uliyatli va aholi bilan ishlashga qiziqadigan nomzodlarni taklif etadi.


20.04.2026 17:51

Asosiy vazifalar

biriktirilgan mahalla hududidagi aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash;
aholining moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganish va mos bank mahsulotlarini taklif etish;
kredit, omonat, bank kartalari va boshqa xizmatlar bo‘yicha maslahat berish;
tadbirkorlik tashabbuslarini aniqlash va ularni moliyalashtirishga ko‘maklashish;
kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda mijozlarga amaliy yordam ko‘rsatish;
moliyalashtirilgan loyihalarning amalga oshirilishi va maqsadli ishlatilishini monitoring qilish;
mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

oliy ma’lumot;
bank, moliya, iqtisodiyot, savdo yoki mijozlar bilan ishlash sohasida tajriba afzallik hisoblanadi;
bank mahsulotlari va kreditlash jarayonlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
o‘zbek tilini mukammal bilish;
rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
Microsoft Word va Excel dasturlaridan foydalana olish;
mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va samarali muloqot qilish qobiliyati;
mahallalarda faoliyat olib borishga tayyor bo‘lish.

Biz taklif etamiz

rasmiy va barqaror ish faoliyati;
professional jamoada ishlash;
malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
bank tizimida karyera o‘sishi.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Xat mavzusida “Aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish departamenti — Mahalla bankiri” deb ko‘rsating.



Boshqa yangiliklar

07/16/2026 06:44:11 pm
SQB Al-Xorazmiy bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Bank tizimida boshqaruv tajribasiga ega, jamoani samarali boshqara oladigan, biznes jarayonlarini rivojlantirish va mijo ...

07/10/2026 05:50:43 pm
Axborotlarni muhofaza qilish markazi “Menejer” lavozimiga mas’uliyatli, tashabbuskor va axborot xavfsizligi yo‘nalishida rivojlanishga qiziqadigan nomzodlarni taklif etadi.

Asosiy vazifalar axborot xavfsizligi jarayonlarini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; axborotlarn ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.07.2026 17:52  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит