Davlat dasturlari ijrosi

Surxondaryolik tadbirkorlar muqobil energiya manbalariga katta qiziqish bildirdi


11.09.2023

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Surxondaryo viloyatida tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda energiya tejamkor texnologiyalar va bu borada bank takliflari xususida muloqot qilindi.

Mamlakatimizda 2019-yilda “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish strategiyasi qabul qilindi. Unda yaqin oʻn yilda mamlakatda uglerod sarfini keskin kamaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi, samarali energiya manbalaridan keng foydalanish koʻzda tutilgan.

Bu yoʻldagi muhim qadamlar texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyishdan boshlandi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida respublika tijorat banklari orasida birinchilardan boʻlib “yashil” bank tamoyillari asosida ishlash yoʻlga qoʻyildi. “Yashil” kreditlar joriy qilindi, “yashil” texnologiyalarga asoslangan loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratildi.

Prezidentimiz tomonidan shu yil 16-fevralda qabul qilingan “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida aholi va tadbirkorlik subyektlariga muqobil energiya manbalari qurilmalari xarid qilish uchun ham muddati 5 yilgacha boʻlgan imtiyozli kreditlar ishlab chiqildi.

Uchrashuvda surxondaryolik tadbirkorlarga “yashil” kreditlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Misol tarzida ularga tegishli amaldagi loyihalar hamda ularni modernizatsiyalash hisobiga yuzaga keluvchi iqtisodiy-ekologik holat tushuntirildi. Bu esa biznes vakillarida katta qiziqish uygʻotdi.

Bank Axborot xizmati

 





Boshqa yangiliklar

11/17/2023 01:02:48 pm
Chexiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida Chexiya Respublikasining “PSP E ...

10/24/2023 04:29:36 pm
Ozarbayjonda qurilish materiallari “Savdo uyi” ochiladi

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo ...

10/12/2023 05:01:12 pm
Oʻzbekiston qurilish materiallari bozoriga qiziqish ortmoqda

Poytaxtimizdagi «Oʻzekspomarkaz» milliy koʻrgazmalar markazida “Aquatherm Tashkent 2023» XI xalqaro koʻrgazmasi boʻlib o ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.09.2023 17:48  
up