SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazi Axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarish guruhi Menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


13.07.2026 16:52

Axborot xavfsizligi sohasida tajribaga ega, kibertahdidlarni aniqlash, tahlil qilish va ularga tezkor javob berish ko‘nikmalariga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.

 Asosiy vazifalar: • Axborotni himoya qilish vositalari yordamida hodisalarni 24/7 rejimida monitoring qilish. • Hodisalarni dastlabki tahlil qilish, SIEM, EDR/XDR va boshqa monitoring vositalari bilan ishlash. • Foydalanuvchilar, qurilmalar va xizmatlardagi shubhali harakatlarni tekshirish hamda hodisalarga birlamchi javob berish. • Soxta ijobiy natijalarni (False Positives) filtrlash va haqiqiy tahdidlarga ustuvorlik berish. • Anomaliyalarni tahlil qilish, axborotni himoya qilish vositalarining murakkab ishlash holatlarini tekshirish. • Axborot xavfsizligi hodisalarini tekshirish va detektorlash qoidalarini ishlab chiqish. • Hodisalarni Itech/Jira tiket tizimida ro‘yxatga olish, hujjatlashtirish va kuzatib borish. • Hodisalarni tekshirish hamda zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish. • Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash.

 Talablar: • Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot. • Kompyuter tarmoqlari ishlash tamoyillarini bilish (TCP/IP, DNS, HTTP, VPN). • Windows va Linux operatsion tizimlari bo‘yicha bazaviy bilimlar. • Axborot xavfsizligi asoslari va zamonaviy kibertahdidlarni tushunish. • SIEM yechimlaridan biri bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi. • EDR/XDR ishlash tamoyillarini tushunish afzallik hisoblanadi. • MITRE ATT&CK metodologiyasi asoslarini bilish afzallik hisoblanadi. • PowerShell, Bash yoki Python dasturlash tillarida skript yozish ko‘nikmalari afzallik hisoblanadi. • Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish ko‘nikmalari. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va stressga chidamlilik. • O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.07.2026qa qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

07/13/2026 04:54:00 pm
SQB Axborotlarni muhofaza qilish markazi Axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarish guruhi menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yuritishni istovchi va kiberxavfsizlik hodisalarini ...

07/13/2026 04:34:20 pm
SQB Surxondaryo bank xizmatlari ofisiga universal kassir lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi

Kassa amaliyotlari va mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kuta ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.07.2026 16:53  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит