SQB Raqamli biznes departamentining Korporativ raqamli yechimlarni ishlab chiqish guruhi kichik dasturchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.


28.07.2026 11:08

Agar siz Java ekotizimida ishlashni, zamonaviy mikroservis arxitekturasi, backend dasturlash va raqamli yechimlarni ishlab chiqishni istasangiz - jamoamizga qo‘shiling!

 Asosiy vazifalar:
• Chakana raqamli yechimlarni ishlab chiqish va mavjud tizimlarni optimallashtirish. • Server tomoni funksionalligini yaratish va rivojlantirish. • Biznes talablarini tahlil qilish hamda texnik yechimlarni ishlab chiqish. • Ma’lumotlar bazalari, integratsiya servislari va API’lar bilan ishlash. • Kod sifatini ta’minlash, testlarni tayyorlash va xatoliklarni bartaraf etish. • Git orqali versiyalarni boshqarish, kodlarni ko‘rib chiqish va jamoaviy ishlash. • Texnik hujjatlarni tayyorlash va yangilab borish. • Tizimlar monitoringini olib borish hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.

 Talablar:
• Oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot. • Java 17, Spring Boot, Spring Security va Hibernate bilan ishlash bo‘yicha bilim. • Mikroservis arxitekturasi, Apache Kafka, PostgreSQL, Oracle DB, Redis va MongoDB bilan ishlash ko‘nikmalari. • Docker, Git, Maven va JUnit’dan foydalanish tajribasi. • SOLID, DRY, KISS va YAGNI tamoyillarini tushunish. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, stressga chidamlilik va muloqotga kirishuvchanlik. • O‘zbek tilini bilish.

 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 30.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

07/27/2026 05:58:05 pm
SQB Marketing departamentining Mahsulot marketingi xizmati kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli rivojlantirish, marketing strategiyalarini ishl ...

07/27/2026 02:15:53 pm
SQB Sun’iy intellekt departamentining Tadqiqot analitikasi va AI-modellar xizmati ish yurituvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Sun’iy intellekt va Machine Learning yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz hamda AI-modell ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.07.2026 11:09  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит