SQB Undiruv markazi Ijro-nazorati (PMO) xizmati kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
24.07.2026 16:40
Bankda ijro intizomi, loyiha boshqaruvi va tahliliy faoliyat yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
• Undiruv markazining strategiyalari, dasturlari va loyihalari ijrosi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish.
• Loyihalar, tashabbuslar va topshiriqlarni bajarish muddatlariga rioya etilishini monitoring qilish.
• Loyihalar, tashabbuslar va topshiriqlar reyestrini yuritish.
• Bank Kuzatuv kengashi va Bank Boshqaruvi topshiriqlari ijrosini nazorat qilish.
• Undiruv markazi faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va taqdimot materiallarini tayyorlash.
• Bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan ijro nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtirish.
• Xizmat yozishmalari va kelib tushgan so‘rovlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ijrosini nazorat qilish.
• Vakolati doirasida davlat organlari, Markaziy bank va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
• Vazifalar ijrosi tahlilini olib borish, muddat buzilishi xavflarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
• Amaldagi qonunchilik va Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish.
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya yoki bank ishi yo‘nalishida).
• Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va Bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish.
• Ijro intizomi, topshiriqlar ijrosi nazorati va loyiha boshqaruvi asoslarini tushunish.
• Tahliliy hisobotlar va xizmat hujjatlarini tayyorlash tajribasi.
• Bank jarayonlari va ichki reglamentlarni bilish.
• Mas’uliyatlilik, ijrochilik va tafsilotlarga e’tibor.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 27.07.2026 yuborishingiz mumkin.

37
Boshqa yangiliklar