
Bugun mamlakatimiz boʻylab buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan, «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB jamoasi Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Davron Umarov boshchiligida Sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, ulugʻ bobokalonimiz xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatdilar.
Tadbir davomida bank vakillari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning shonli oʻtmishi, Sohibqiron davridagi davlatchilik madaniyati va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
– Tarixni eʼzozlash – oʻzligimizni anglash, ajdodlarimizning boy merosiga tayanib, kelajak sari dadil qadam tashlash demakdir. Amir Temur bobomizning „Kuch – adolatdadir“ degan oltin qoidasi bugungi kunda nafaqat davlat boshqaruvida, balki har bir sohada, jumladan, bank tizimida ham halollik va masʼuliyat mezoni boʻlib xizmat qilmoqda», – deya taʼkidladilar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish departamenti direktori oʻrinbosari M. Gafurova.
Maʼlumot oʻrnida, Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Shahrisabzda tavallud topgan. U nafaqat markazlashgan kuchli davlat asoschisi, balki ilm-fan, madaniyat va meʼmorchilik homiysi sifatida dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan.
SQB jamoasi uchun bu kabi tadbirlar korporativ qadriyatlarni mustahkamlash va yosh xodimlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilning 18-19-aprel kunlari bo’lib o’tgan tadbir yoshlar orasida FinTech va EdTech yoʻnalishlarida innovats ...
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq mul ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB)ning Kirguli bank xizmatlari markazi kassa omborini optimallashtirish hamda uni ...

