“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati


29.10.2025 12:45


Joriy yilning 28-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Andijon Bank xizmatlari ofisi (BXO) faoliyati yakunlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida raqamli biznes yo‘nalishiga o‘tish jarayonlari izchil amalga oshirilmoqda. Bank faoliyatini optimallashtirish va mijozlar ehtiyojlariga mos raqamli yechimlarni joriy etish maqsadida ayrim tarmoqlarga tuzilma o‘zgarishlari kiritilmoqda.

Andijon BXO faoliyatini yakunlash to‘g‘risidagi qaror iqtisodiy tahlillar va bozor sharoiti natijalari asosida qabul qilingan bo‘lib, u hech bir xodimning shaxsiy faoliyati yoki ish natijalari bilan bog‘liq emas. Qaror zamonaviy raqamli xizmatlar ulushining ortishi va bank faoliyatini samarali tashkil etish zarurati bilan izohlanadi.

Bank tizimida raqamli xizmatlar ulushi izchil o‘sib bormoqda. Xususan, “SQB Mobile” ilovasi foydalanuvchilari soni joriy yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga oshgan. Mazkur ilovani yuklab olganlar soni esa 47,4 foizga ko‘paygan.

Shuningdek, hisobot davrida yuridik shaxslarga mo‘ljallangan “SQB Business” platformasi foydalanuvchilari sonida 184 foiz o‘sish qayd etildi.

Bankning raqamli platformalari — “SQB Business” va “SQB Mobile” ilovalari orqali mijozlar hisob ochish, to‘lov va kredit rasmiylashtirish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa an’anaviy ofis infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi.

Bundan tashqari, bank tomonidan aholi va tadbirkorlarga zamonaviy, qulay va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida hududlarda smart ofislar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Aytish joizki, ayni paytda Andijon shahrida “Barhayot” va “Bunyodkor” bank xizmatlari markazlari faoliyat yuritmoqda. Mijozlarga mazkur tarmoqlar orqali barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatilishi izchil davom ettiriladi.

Bank rahbariyati har bir xodimning mehnatini yuksak qadrlaydi hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Xodimlarga bankning boshqa bo‘linmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.






Boshqa yangiliklar

01/09/2026 03:36:59 pm
O‘zsanoatqurilishbankda milliy liboslar chellenji

O‘zsanoatqurilishbankning xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida “Milliy liboslar chellenji” davom etmoqda. ...

01/08/2026 05:30:44 pm
SQB O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini 8-yanvar – kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi

Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda adolatni qaror toptir ...

01/07/2026 10:19:10 am
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “SQB Mobile” mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan kartalararo o‘tkazmalar shartlari bo ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.11.2025 15:46  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo