Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Qirgʻuli bank xizmatlari markazi faoliyati yuzasidan eʼlon qilingan murojaat “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan tezkorlik bilan oʻrganildi.
Qayd etish joizki, ushbu holat doimiy yoki tizimli muammo emas, balki soʻnggi kunlarda mijozlar oqimining sezilarli darajada ortishi natijasida yuzaga kelgan vaqtinchalik holatdir.
Ayni paytda bankda xizmat koʻrsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish, raqamlashtirish va servis tezkorligini oshirish boʻyicha rejali ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur vaziyatni bartaraf etish va mijozlar uchun qulayliklarni tiklash maqsadida quyidagi tezkor choralar koʻrildi:
– Markazda mijozlar soni ortishi inobatga olinib, qoʻshimcha mutaxassislar jalb qilindi va xizmat koʻrsatish quvvati oshirildi.
– Toʻlov va oʻtkazmalarni navbatlarsiz amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirilib, bankning masofaviy xizmatlari (mobil ilova) hamda 24/7 rejimda ishlovchi oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish qurilmalaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.
– Markaz faoliyati bank rahbariyati tomonidan doimiy nazoratga olinib, xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB mijozlarga yuqori sifatli va qulay xizmat koʻrsatishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri sifatida biladi hamda yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.
2026-yil 14-may kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” (SQB)ning “Toshkent City” hududidagi Bosh of ...
Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 24-fevralda yoshlar bilan o’tkazilgan ochiq muloqotdan so’ng mamlakatimizda har ...
Joriy yilning 4-7 may kunlari ...

