Ta’limga kiritilgan sarmoya – kelajakka eng yaxshi investitsiya


25.09.2025 09:30

photo_2025-09-25_15-39-39.jpg

Mamlakatimizda ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor tobora ortib bormoqda. O‘zsanoatqurilishbank ham ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etib, zamonaviy ta’lim muassasalari va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Hududlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslar bunga yorqin misoldir.
Xususan, Jizzax shahrida bank ko‘magida “Jizzakh Best School Plus” zamonaviy nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat boshladi.

Loyihaning amalga oshirilishida bank tomonidan 350 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Natijada zamonaviy bino qad rostlab, yuzlab o‘quvchilar uchun ilg‘or ta’lim standartlarida tahsil olish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda ta’lim muassasasida 125 nafardan ziyod malakali pedagog faoliyat yuritadi.

O‘quv jarayoni zamonaviy texnologiyalar, interaktiv uslublar va yangi metodikalar asosida tashkil etilgan. Bundan tashqari, pedagoglar har bir bolaning ichki salohiyatini ochish, intellektual rivojini ta’minlash hamda o‘zaro psixologik qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

– Loyihani amalga oshirishda O‘zsanoatqurilishbankning moliyaviy hissasi katta bo‘ldi, – deydi “Jizzakh Best School Plus” xususiy maktab direktori Nazira Muhiddinova. – Kredit mablag‘lari nafaqat maktab binosini barpo etishga, balki uni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashga xizmat qildi.

Mazkur ta’lim maskani 700 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda esa 200 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy shart-sharoitlarda tahsil olib, o‘z iqtidorini namoyon etmoqda. Bu ko‘rsatkich maktabning kelgusi yillarda yana-da ko‘proq o‘quvchilar uchun bilim va tarbiya dargohiga aylanishidan dalolat beradi.

Bugungi kunda mazkur maktab yosh avlodning ma’nan yetuk shaxs sifatida kamol topishi uchun muhim zamin yaratmoqda. Bankning ta’lim sohasidagi ishonchli hamkorligi esa kelajakka qilingan eng yaxshi investitsiya sifatida qayd etilmoqda. Zero, ilm-fan va ma’rifat taraqqiy etgan joyda iqtisodiy yuksalish uchun ham keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi.




Boshqa yangiliklar

05/08/2026 10:43:19 am
Yoshlar va rahbarlar: istiqbolli gʻoyalar yuzlashganda

Mamlakatimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, uning doirasida ra ...

05/07/2026 11:10:21 am
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati tarkibidagi oʻzgarishlar yuzasidan turlicha talqinla ...

05/06/2026 09:40:09 am
"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmat tariflari yuzasidan eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyid ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.09.2025 15:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит