Yangi E-commerce xizmati SQB mijozlari uchun


24.01.2025 12:31

Hurmatli mijozlar!

Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan E-commerce (elektron tijorat) xizmatining ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Endi "O‘zsanoatqurilishbank" ATB mijozlari o‘z mahsulot va xizmatlarini internet orqali sotib, yangi bozorlar va keng auditoriyaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

SQB’dan E-commerce xizmatining afzalliklari:

  • Global bozorga kirish — Dunyo bo‘ylab yangi mijozlarni toping.
  • 24/7 ishlash — Buyurtmalarni kunu-tun qabul qiling va savdo hajmini oshiring.
  • Mijozlar uchun qulaylik — Mahsulot va xizmatlarni onlayn solishtirish va xarid qilish imkoniyati, uyda o‘tirgan holda.

Xavfsizlik — bizning ustuvorligimiz

E-commerce xizmatidan muvaffaqiyatli foydalanish uchun asosiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni tavsiya etamiz:

  • Karta ma’lumotlarini himoya qilish — Karta ma’lumotlarini (PAN, CVV, karta egasining ismi, amal qilish muddati) ochiq holda saqlamang.
  • Ma’lumotlarni shifrlash — Ma’lumotlar uzatilishini faqat himoyalangan kanallar orqali (TLS 1.2 yoki undan yuqori) amalga oshiring.
  • Ko‘p omilli autentifikatsiya — Tizimga kirishni SMS-kod yoki biometrik tasdiq orqali amalga oshiring.
  • Muntazam yangilanishlar — Foydalanilayotgan dasturiy ta’minot va qurilmalarni vaqtida yangilang.
  • Kirish nazorati — Shaxsiy kabinetingizga faqat o‘zingiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
  • Tarmoqda ehtiyotkorlik — Shubhali saytlardan qoching va karta ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermang.

Elektron tijorat xavfsizligi qoidalari haqida batafsil ma’lumotni bu yerda olishingiz mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun komissiya bankning amaldagi tariflariga muvofiq undiriladi.

Bank bo‘limlarida yoki quyidagi telefon raqamlari orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: +998971 200-43-43 va 1180





Boshqa yangiliklar

05/01/2026 05:49:53 pm
SQB: Buxoroda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Prezidentimizning O ...

04/29/2026 10:30:20 am
SQB yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻydi

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash va zamonaviy mutaxassislar tayyorla ...

04/28/2026 12:20:03 pm
SQB AI Hachkathon: Raqamli iqtisodiyot va innovatsion bank ekotizimi sari strategik qadam

Bugungi kunda sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari nafaqat texnologik trend, balki iqtis ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.03.2026 10:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит