SQB Aloqa markaziga operator lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
19.05.2026 18:22 Mijozlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko'rasizmi?
Bank xizmatlari sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz?
Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar:
- Telefon, chat va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatlarga o'z vaqtida va sifatli javob berish
- Mijozlarni identifikatsiyadan o'tkazish va bank mahsulotlari bo'yicha to'liq ma'lumot berish
- Mijozlarning murojaatlari, ariza va shikoyatlarini ko'rib chiqish hamda tegishli bo'linmalarga yo'naltirish
- Bank mahsulotlarini sotish va kross-sotuvlarni amalga oshirish
- Har bir murojaat bo'yicha tizimda mijoz anketalarini to'ldirish va hisobot yuritish
- Bankning xizmat ko'rsatish standartlari talablariga rioya qilish
Talablar:
- Oliy, tugallanmagan oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
- O'zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish
- Kuchli kommunikatsiya va mijozlar bilan ishlash ko'nikmasi
- Stressli vaziyatlarda ishlash va muammolarni tezkor hal qilish qobiliyati
- Kompyuter savodxonligi va ofis dasturlarini bilish
- Mas'uliyatlilik, intizom va jamoada ishlash ko'nikmasi
Afzallik:
- Call-center yoki mijozlarga xizmat ko'rsatish yo'nalishida ish tajribasi
- Bank mahsulotlari va xizmatlari bo'yicha bilim
- Sotuv va kross-sotuv ko'nikmalari
Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
hr@sqb.uz

53
Boshqa yangiliklar
05/19/2026 04:23:25 pm
IFRS menejeri (IFRC bo‘limi)
Biz hisobotlar tayyorlash bilan cheklanib qolmay, balki hisobot logikasini boshqara oladigan, audit jarayonida o‘ ...