SQB Namangan bank xizmatlari ofisiga kichik mijoz menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
25.05.2026 17:19
Mijozlar bilan ishlash va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar: • Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini oshirish • Mavjud va potensial mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ehtiyojlarini aniqlash va bank xizmatlarini taklif etish • Jismoniy shaxslarga kredit ajratish va kreditlash jarayonini muvofiqlashtirish • Bank kartalarini sotish, mobil ilovaga ulash va omonatlarni jalb qilish • Mijozlarni identifikatsiyadan o’tkazish va bank mahsulotlari bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish • Mijozlarga xizmat ko’rsatish standartlariga amal qilish
Talablar: • Oliy ma’lumot • Bank sohasida ish tajribasi mavjud bo’lsa afzallik • Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik, kommunikativlik, hushmuomalalik • O’zbek, rus va ingliz tillarini bilish • Haydovchilik guvohnomasi mavjudligi
Ish joyi: Namangan viloyati, Namangan shahri, I.Karimov ko’chasi, 19-uy
Rezyumelarni:hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.