SQB O’rta biznes markaziga ofis menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
25.05.2026 10:06
Mijozlarga xizmat ko’rsatish va bank mahsulotlarini taqdim etish sohasida o’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz? Unda sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar: • Bank mijozlarini kutib olish va kuzatib borish • Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo’yicha maslahat berish • Mijozlar oqimini boshqarish va sifatli xizmat ko’rsatishni tashkil etish • Biznes yo’nalishi mahsulotlari bo’yicha dastlabki ma’lumot berish • Mijozlarga SQB Mobile ilovasini ulash va undan foydalanishda yordam berish • Kiruvchi hujjatlar va murojaatlarni qabul qilish va yo’naltirish • KPI ko’rsatkichlarini bajarish va rahbariyat uchun hisobotlar tayyorlash
Talablar: • Oliy ma’lumot, ayrim hollarda o’rta maxsus yoki kasbiy ma’lumot • Ish tajribasi mavjud bo’lsa afzallik • Og’zaki va yozma savodxonlik • Kommunikativlik va mijozga yo’naltirilganlik • Jamoada ishlash ko’nikmasi • Mas’uliyatlilik, intizomlilik va stressga chidamlilik • O’zbek, rus va ingliz tillarini bilish
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.