SQB Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamentining yuridik majburiyatlarni monitoring qilish xizmatiga kichik menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
26.05.2026 15:30
Shartnomalar va davlat xaridlari sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar: • Davlat xaridlari bo’yicha shartnomalar ijrosini monitoring qilish • IABS tizimida shartnomalar va hujjatlar bilan ishlash • Tovar, ish va xizmatlarning o’z vaqtida yetkazilishini nazorat qilish • Bank omboriga tovarlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etish • Xizmat yozishmalari, bildirishnomalar va hisobotlarni tayyorlash • Tarkibiy bo’linmalar hamda yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilish • Yetkazib berilayotgan mahsulotlarning texnik topshiriq va shartnomaga muvofiqligini nazorat qilish • Shartnoma shartlari buzilganda penya va talabnoma hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish
Talablar: • Oliy iqtisodiy ma’lumot • Bank-moliya yo’nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi Xaridlar yo'nalishi bo'yicha ish tajribasiga ega bo'lishi • Shartnomalar va hujjatlar bilan ishlash ko’nikmasi • MS Office dasturlarini yaxshi bilish • Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va analitik fikrlash • Jamoada ishlash va ko’p vazifali muhitda faoliyat yurita olish
Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.