Kartangiz bloklanganda nima qilish kerak?

Ushbu muammoni imkon qadar tezroq va mablag'ingizga zarar yetkazmasdan hal qilish uchun oddiy qoidalarga amal qilishni taklif qilamiz. Karta bilan bog‘liq har qanday muammo yuzaga kelsa, birinchi navbatda SQB bankning rasmiy ishonch telefoni – 1180 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Maslahatchidan kartangiz aniq bloklanganmi yoki yo‘qmi, agar shunday bo‘lsa, nima sababdan tekshirib ko‘ring. Siz kartani FAQAT karta ochilgan bank xizmatlari ofisida blokdan chiqarishingiz mumkin. BU MUHIM! Agar sizga qo'ng'iroq, SMS xabar yoki bank kartasini blokirovka qilish to'g'risida uning ma'lumotlarini uzatish talabi bilan xabar kelgan bo'lsa, buni qilishga shoshilmang. Bunday qo'ng'iroqlar, SMS va elektron pochta xabarlari ko'pincha firibgarlar tomonidan yuboriladi. Va eng muhimi, doimo aloqada bo'ling: har kuni SQB dan SMS xabarlar, elektron pochta xabarlari va push-bildirishnomalarni tekshirish orqali siz barcha moliyaviy yangiliklardan xabardor bo'lasiz va hatto favqulodda vaziyatlarda ham, o'z vaqtida tog’ri qaror qabul qilishingiz mumkin bo'ladi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.02.2023 18:33  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит