SQB Mobile ilovasida onlayn kredit olish imkoniyatini qanday oshirish mumkin?

SQB Mobile ilovasida onlayn kredit rasmiylashtirish uchun quyidagi oddiy amallarni bajaring:

  1. SQB Mobile mobil ilovasini yuklab oling va o‘rnating;
  2. Onlayn kalkulyatorda kerakli kredit miqdorini kiriting;
  3. Ro‘yxatdan o‘ting va shaxsiy ma’lumotlaringizni diqqat bilan kiriting;
  4. Arizani ko‘rib chiqish uchun yuboring;
  5. Bir necha daqiqa ichida ariza bo‘yicha qarorni oling va kredit ma’qullangan taqdirda mablag‘lar rasmiylashtirish vaqtida ko‘rsatilgan kartaga o‘tkaziladi.

Ariza topshirishdan oldin kredit olish imkoniyatlaringizni baholash uchun asosiy talablarga e’tibor qaratishingizni tavsiya etamiz.

Asosiy talablarga mos kelishingizni tekshiring

Arizangiz ko‘rib chiqilishi uchun quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;
  • yoshi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lish;
  • kamida 6 oylik ish stajiga ega rasmiy ish joyida faoliyat yuritish;
  • rasmiy daromadi kamida 980 000 so‘m bo‘lish;
  • kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • salbiy kredit tarixiga ega bo‘lmaslik.

Kredit tarixingizni tekshiring

Kredit tarixi kredit ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishda muhim omillardan biri hisoblanadi.

Kredit hisobotingizni quyidagi manbalar orqali olishingiz mumkin:

  • www.infokredit.uz sayti orqali;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali.

Kredit hisoboti yiliga bir marta bepul, keyingi murojaatlar esa belgilangan tartibda pullik asosda taqdim etiladi.

Moliyaviy imkoniyatlaringizni baholang

Kredit rasmiylashtirishdan oldin oylik to‘lovlarni ortiqcha moliyaviy yuklamasiz amalga oshira oladigan kredit miqdorini oldindan aniqlash tavsiya etiladi.

Agar oylik to‘lov miqdori daromadingizga nisbatan yuqori bo‘lsa, bank kamroq miqdordagi kreditni taklif qilishi yoki kredit ajratishni rad etishi mumkin.

Agar amaldagi kreditlaringiz mavjud bo‘lsa, yangi kredit olishdan oldin qarz yuklamasini kamaytirish maqsadga muvofiq.

Shartnoma shartlari bilan diqqat bilan tanishing

Kredit shartnomasini imzolashdan oldin quyidagilarni sinchiklab o‘rganing:

  • kredit miqdori va muddati;
  • kreditning to‘liq qiymati;
  • to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari;
  • tomonlarning huquq va majburiyatlari;
  • shartnoma shartlari buzilganda javobgarlik;
  • yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish tartibi.

Shartnoma shartlari bilan oldindan tanishish moliyaviy qarorni ongli ravishda qabul qilishga yordam beradi.

Agar arizangiz ma’qullanmagan bo‘lsa

Ariza bo‘yicha rad javobi olingani kelajakda kredit olish imkoniyati mavjud emasligini anglatmaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlaringiz yaxshilangandan, mavjud qarzdorliklar bartaraf etilgandan yoki kredit yuklamasi kamaytirilgandan so‘ng kredit olish uchun qayta murojaat qilishingiz mumkin.















 
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит