Guarantee

  • Kreditlash shartlari
  • Kerakli hujjatlar
  • Kreditni taʼminoti

Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari

1

Kafolat turi

Qoplangan va qoplanmagan

2

Kafolat valyutasi

soʻm, AQSH doll., Yevro, Rubl va b.

3

Kafolat muddati

5 yil muddatgacha (ochiq liniya asosida)

4

Riskning yuqori mikdori

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni bopщarish ishlarini tashkil etish Tartibi boʻyicha belgilanadigan miqdorgacha

Kafolat uchuy haq

5

milliy valyutada (qoplangan va qoplanmagan)

tarifga asosan

6

xorijiy valyutada (qoplangan)

tarifga asosan

7

xorijiy valyutada (qoplanmagan)

kelishuvga asosan (Bank kredit qoʻmitasi qarori bilan)

Kafolat berishning qoʻshimcha shartlari

8

Korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga ikki yildan oshgan korxonalar

9

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi

ijobiy

10

Kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni bopщarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha SS reytingdan kam boʻlmagan holda

11

Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha qarzdorligi

Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi

12

Suin i 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda Ijobiy kredit tarixi boʻlishi (kreditlari bank tizimida muammoli aktiv sifatida tasniflanmagan boʻlishi) lozim

13

Oʻz mablagʻlari mavjudligi (NSOS)

ijobiy

14

Auditorlik xulosasi

Moliyaviy yil natijalari boʻyicha ijobiy auditorlik xulosa

15

Kafolat taʼminoti:

Kafolat summasining 125% dan kam boʻlmagan mikdorda;

Pul mablaglari bilan qoplanganda 100% mikdorida

16

Mulkiy taʼminot

Kafolat summasining 125% dan kam boʻlmagan mikdorda;

17

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov boʻyicha qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk - xar qanday; Avtotransport vositalari - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;

Maxsus texnikalar - ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan; Uskunalar - ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan;

18

Nomulkiy taʼminot

Kafolat summasining 125% dan kam boʻlmagan mikdorda kafillik, sugurta polney

Kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar

19

Kafil korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar

20

Kafillik summasi

Kafil korxona oʻz mablaglari manbalari (balans hisoboti -480 satr) mikdorining 1,5 barobaridan oshmagan mikdorda;

21

Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha SS reytingdan kam boʻlmagan holda

22

Kafolatning maqsadli ishlatilishi tekshiruvi

Talab qilinmaydi

Mijoz tomonidan taqdim etilgan asosiy hujjatlar ro'yxati:
1. Kafolat olishga ariza (anketa)
2. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);
3. Boshqa banklardagi mavjud hisob raqamlarining oxirgi 1 yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa);
4. Mijozning ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kafolatdan foydalanish yuzasidan roziligi;
5. Kafolatdan foydalanish bo'yicha biznes reja (mijoz faoliyati bo'yicha).
6. Oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo`yicha auditorlik hulosasi

Kredit ta'minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat ko'rsatilsa:
a. korxona ta'sis xujjatlari;
b. kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot;
c. kafil korxona ta'sischilarining korxona direktorini tayinlash bo'yicha qarori va korxona buxgalterini tayinlashi bo'yicha buyrug'i;
d. kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
2. Kafil korxona ta'sischilarining kafillik taqdim etish bo'yicha ijobiy qarori;
3. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);

Kafil korxonaga qo'yiladigan talablar:

1. Kafil korxona - davlat ro'yxatidan o'tganiga bir yildan oshgan Bankning korporativ mijozi bo'lishi lozim
2. Taqdim etiladigan kafillik summasi - Kafil korxona o'z mablag'lari manbaalari (balans hisoboti - 480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo'lishi

Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2. Mulk egasining ta'sis xujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa);
3. Mulk egasi ta'sischilarining kafolatning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).
  • Transport vositalari
  • Koʻchmas mulk
  • Uskunalar Depozitlar
  • Boshqa likvid mulklar

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up