I. Paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun:
1. Ariza.
2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
7. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes-reja.
8. Fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati (bunda shartnoma sanasi, raqami, summasi, chigit ekiladigan maydon bo‘yicha batafsil ma’lumot bo‘lishi lozim).
9. Tegishli tuman hokimining g‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror nusxasi ilovalari bilan birgalikda.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan o‘tgan hosil yilidagi paxta hosildorligi (sentner/gektar) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
11. Paxta-to‘qimachilik klasteriga yer ajratish bo‘yicha tegishli tuman xokimining qarori. (Klasterning o‘ziga ajratilgan yer maydoni bo‘yicha).
II. Yig‘im-terim va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini moliyalashtirish uchun:
1. Ariza.
2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
7. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes-reja.
Shuningdek, kredit mahsuloti bo‘yicha Rossiya, Belarus yoki Eron davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlardan biri ishtirok etganda, shartnomaning (bitim) sanksiya bilan bog‘liq xatarlarini baholash yuzasidan xalqaro huquqiy reytinglarda Tier/Band 1 darajasida va Chambers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xalqaro yuridik kompaniyalari tomonidan kontragentlarining xalqaro sanksiyalar ro‘yxatida emasligi to‘g‘risidagi ijobiy xulosalarini taqdim etilishi lozim.