Biznesga ikkinchi qadam mikrozaymi


O‘z faoliyatingizni rivojlantiring — kredit mablag‘lari tezda kartangizga tushadi!

Biznesga ikkinchi qadam mikrozaymi

Kredit summasi

50 mln so‘mgacha

Kredit foiz stavkasi

29.9 % dan

Kredit muddati

36 oygacha

Imtiyozli davr

6 oygacha
Kreditni qanday olish mumkin?
Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma

  • O‘zini o‘zi band qilganlik guvohnomasi

  • Ijtimoiy soliq to‘langanligi haqida hujjat

  • Garovga qo‘yilgan mulk bo‘lsa — baholovchi tashkilot xulosasi

  • Qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlar (zarur hollarda)

Kredit O'zbekiston Respublikasining 18 dan 65 yoshgacha bo'lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kalkulyator
To'lov turini tanlang
Annuitet
Differensial
Kredit miqdori
Boshqa xizmatlar
Muddati

To'lov jadvali

*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini rivojlantirish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Kredit miqdori:

50 million so‘mgacha (kreditni qaytarmaslik holatiga qarshi sug‘urta badali bilan birga)

Mikrokredit muddati:

36 oygacha

Imtiyozli davr:

6 oygacha

To‘lov chastotasi:

har oyda

To‘lash usuli:

annuitet – teng summalarda, teng vaqt oralig‘ida to‘lanadi
differensial – har oyning to‘lovi asta-sekin kamayib boradi

Foiz stavkasi:

yiliga 29,9 %

Kredit ta’minoti:

20 million so‘mgacha:
 Jismoniy shaxs kafilligi (3 nafargacha).
 Kreditni qaytarmaslik xavfiga qarshi sug‘urta polisi.
 Avtotransport vositasi (yoshi 5 yildan oshmagan).
 Noturar joy.

50 million so‘mgacha:
 Avtotransport vositasi (yoshi 5 yildan oshmagan).
 Noturar joy.

Kredit ta’minoti qarz summasining kamida 125% ni tashkil etishi kerak

Qo‘shimcha shartlar:

- kredit bank xodimlariga berilmaydi

- qarz oluvchining barcha kreditlari bo‘yicha umumiy qarz summasi 100 million so‘mdan oshmasligi kerak

- takroriy kredit faqat mavjud qarz to‘liq yopilgandan so‘ng beriladi


Hujjatlar

Shartnoma

Yuklab olish
download
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kredit arizasini topshirish kunida qarz oluvchi 18 yoshdan kichik bo‘lmasligi, va kreditni to‘liq to‘lash vaqtida 70 yoshdan oshmasligi kerak (shu yoshni ham o‘z ichiga oladi);
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ijtimoiy soliqlarni to‘lab borishi lozim.

Kafilga qo‘yiladigan talablar
  • Kredit arizasini topshirish kunida kafil 18 yoshdan kichik bo‘lmasligi, va kreditni to‘liq to‘lash vaqtida 70 yoshdan oshmasligi kerak (shu yoshni ham o‘z ichiga oladi);
  • Doimiy ish joyiga ega bo‘lishi, shu jumladan ish haqi, pensiya, dividendlar, mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad yoki qonun bilan taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbalariga ega bo‘lishi hamda bu daromadlar kredit bo‘yicha oylik foiz to‘lovlarini va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq to‘lash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (qarz oluvchi uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega). Agar qarz oluvchi harbiy xizmatchi bo‘lsa, uning harbiy guvohnomasi orqali vizual identifikatsiya o‘tkazilgandan so‘ng pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi olinadi;
  • Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • Kredit ta’minotiga oid hujjatlar. Agar garov sifatida mol-mulk taqdim etilsa – mustaqil baholash tashkiloti hisobotini taqdim etish lozim;
  • Ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (yoki ma’lumotnoma);

    Shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Kafil tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (kafil uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega). Agar kafil harbiy xizmatchi bo‘lsa, uning harbiy guvohnomasi orqali vizual identifikatsiya o‘tkazilgandan so‘ng pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi olinadi;
  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar / elektron ma’lumotlar (ular bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin);

    Shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Возможно, Вас заинтересует
Дом вашей мечты в ипотеку от 17 % годовых

Выдается на приобретение квартир с первичного рынка.

Дом вашей мечты в ипотеку от 17 % годовых
SQB Mobile - все нужные платежи в вашем телефоне

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение.

SQB Mobile - все нужные платежи в вашем телефоне

Oxirgi yangilanish sanasi: 16.10.2025 10:21  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo