Green komfort


Quyosh panellari, shamol generatorlari va boshqa energiya tejamkor “yashil” texnologiyalar xaridi uchun kredit.

Green komfort

Kredit summasi

200 mln so‘mgacha

Kredit foiz stavkasi *

20 %

Kredit muddati

36 oygacha

Imtiyozli davr

6 oygacha *

Green komfort kreditini qanday qilib olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling

Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    (rasmiy daromadlar bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin)

  • Sotib olish shartnomasi

  • Kreditni ta’minlash bo‘yicha hujjatlar




Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan va kredit to‘liq so‘ndiriladigan vaqtda 70 yoshdan oshmagan shaxslarga beriladi.

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

Quyidagi uskunalarni sotib olish uchun:

  • quyosh panellari;
  • geliokollektorlar;
  • shamol generatorlari;
  • mikro va kichik GES (1 MVtgacha);
  • biogaz uskunalari;
  • issiqlik nasoslari;
  • energiyani saqlash tizimlari;
  • ekologik uskunalar va qurilmalar.

Kredit muddati:

36 oygacha

Kredit miqdori:

200 mln so'mgacha

Kredit foiz stavkasi*:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 6 %

Maksimal imtiyozli davr:

6 oygacha (faqat differensial toʻlov jadvalidan foydalanganda)*

To'lov grafigi:

differensial / annuitet

Kredit ta’minoti:

100 mln so‘mgacha:

  • jismoniy shaxs kafilligi;
  • kredit qaytmaslik xatariga sug‘urta polisi;
  • avtotransport vositasi (5 yildan oshmagan);
  • ko‘chmas mulk garovi.

100 mln so‘mdan oshganda:

  • avtotransport vositasi yoki
  • ko‘chmas mulk garovi.

Ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125 %ini tashkil etishi lozim (bankka aloqador shaxslar uchun — 130 %).

Mahsulotni olish usuli:

kredit mablag‘lari ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi yuridik shaxsning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Qoʻshimcha shartlar:

  • Mijoz energiya tejamkor uskunalarni www.energymarket.uz orqali xarid qilib kompensatsiya olishi mumkin.
  • Markaziy bank resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar restrukturizatsiya qilinmaydi va muddati uzaytirilmaydi.

Hujjatlar

Shartnoma

Yuklab olish
download
Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan umumiy talablar
  • Kredit ajratilishi uchun murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni oxirgi so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • Doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi, jumladan:
    • ish haqi;
    • pensiya;
    • dividendlar;
    • mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
    • kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlar;
  • Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • Qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi;
  • 3 nafargacha birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin.


Kafilga qo‘yiladigan talablar
  • Kredit ajratilishi uchun murojaat qilingan kunda 18 yoshga to‘lgan va kreditni oxirgi so‘ndirish vaqtida 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • Doimiy va yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • Muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • Qarz yuki ko‘rsatkichi 50 % dan oshmasligi.


O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun talablar
  • O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga kredit quyidagi talablar asosida ajratiladi:
    • Davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
    • Daromadlar bankning elektron tizimi orqali kamida so‘nggi 6 oy davomida tushgan tushumlar asosida aniqlanadi;
    • Ta’minot sifatida:
      • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi yoki
      • noturar joy taqdim etilishi mumkin;
    • Birgalikda qarz oluvchi jalb etilishi mumkin;
    • Oldingi qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgan taqdirda kreditdan qayta foydalanishga ruxsat beriladi.

Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
    (qarz oluvchi YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);
  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    (rasmiy daromadlar bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);
  • Iste’mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi subyekt bilan tuzilgan shartnoma;
  • Ta’minotga doir hujjatlar
    Agar ta’minot sifatida mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda — mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
  • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).


Birgalikda qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
    (birgalikda qarz oluvchi YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);
  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    (bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);
  • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).


Kafil shaxs tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
    (kafil YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etish huquqiga ega);
  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    (bankning elektron tizimi orqali olinishi mumkin);
  • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar (zarur hollarda).

Kalkulyator

To'lov turini tanlang
Annuitet
Differensial
Kredit miqdori
Boshqa xizmatlar
Muddati

To'lov jadvali

*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Ehtimol, sizni qiziqtirish mumkin

Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 %

Birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun berilgan.

Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 17 %
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.03.2026 10:43  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo