1-apreldan ayrim turdagi to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi


31.03.2026 18:45

Hurmatli mijozlar!

Ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ayrim turdagi operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni faqat naqdsiz shaklda — bank kartalari va elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda.

Mazkur tartib, jumladan, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisi bilan bog‘liq ayrim hisob-kitoblarga ham tatbiq etiladi.

Shu munosabat bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda bunday operatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Xususan, bankda eskrou hisobvarag‘ini ochish mexanizmi joriy etildi.

Bu mijozlar uchun nimani anglatadi?
Bitim amalga oshirilayotganda xaridorning pul mablag‘lari avval bankdagi maxsus eskrou hisobvarag‘iga joylashtiriladi. Shartnoma notarial tasdiqlangandan so‘ng mablag‘lar sotuvchiga o‘tkazib beriladi. Agar bitim amalga oshmasa, pul mablag‘lari xaridorga qaytariladi.

Bunday tartib quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiladi:
— hisob-kitoblar xavfsizligini;
— bitimning shaffof amalga oshirilishini;
— xaridor va sotuvchi manfaatlarining qo‘shimcha himoyasini.

Mazkur operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan ichki jarayonlarni sozlash va notarial organlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur tashkiliy hamda texnik ishlar ham amalga oshirildi.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

05/08/2026 09:20:21 am
Yuridik shaxslarning “SQB Business” platformasiga o‘tishi haqida

Hurmatli mijozlar! Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan “Bank-mijoz” va mobil banking tizimlari zamonaviy a ...

05/07/2026 05:33:01 pm
Bayram kunlarida bankning ish tartibi

Hurmatli mijozlar! Sizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaymiz! ...

05/07/2026 03:26:17 pm
HUMO kartasini bepul rasmiylashtirish aksiyasi muddati uzaytirildi

Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 31-mayga qadar (31-may kuni ham) «O‘zsano ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.03.2026 10:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит