“VIP” va “Diamond” bank xizmatlari paketlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilishi hamda mikro va kichik biznes uchun yangi “Yashil makon” kredit mahsulotining ishga tushirilishi
18.06.2026 17:30
Hurmatli mijozlar!
Amaldagi “VIP” va “Diamond” bank xizmatlari paketlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini, shuningdek, bog‘dorchilik faoliyatini moliyalashtirish va uzumchilik plantatsiyalarini tashkil etish uchun yangi “Yashil makon” kredit mahsuloti tasdiqlanganini ma’lum qilamiz.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, “Diamond Classic”, “Diamond Plus”, “Diamond Ultra”, “Diamond Yevro”, “VIP Classic”, “VIP Plus”, “VIP Ultra” va “VIP Yevro” omonat mahsulotlari bo‘yicha yangi omonat hisobvaraqlarini ochish hamda yangi mablag‘larni joylashtirish to‘xtatiladi.
Shu bilan birga, mazkur omonatlar bo‘yicha avval ochilgan amaldagi omonat hisobvaraqlariga qo‘shimcha mablag‘larni qabul qilish imkoniyati tegishli omonatning amal qilish muddati davomida saqlab qolinadi.
“VIP” va “Diamond” bank xizmatlari paketlari shartlarini yangilash doirasida avval amalda bo‘lgan omonat mahsulotlari yangi muddatli omonatlar bilan almashtiriladi: “Diamond Elite” — premium segment mijozlari uchun, “VIP Elite” — Affluent segment mijozlari uchun.
Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali,
www.sqb.uz saytida yoki bankning eng yaqin ofislarida olishingiz mumkin.

25
Boshqa yangiliklar