Hurmatli mijozlar!
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB jismoniy shaxslar uchun Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy valyutasi — yuan (CNY)ni sotish va sotib olish amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba loyihasini boshlaganini ma’lum qiladi. Dastlabki bosqichda ushbu valyuta bilan ayirboshlash amaliyotlari Toshkent shahri, Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Jizzax viloyatlaridagi bank xizmatlari ofislarida, shuningdek, Angren shahridagi Bank xizmatlari markazida amalga oshirilmoqda.
Xitoy yuani bo‘yicha sotish va sotib olish kurslari har kuni tegishli bo‘limlarda joylashgan axborot stendlarida e’lon qilib boriladi. Mazkur tajriba loyiha mijozlar ehtiyojini tahlil qilish va kelgusida xizmatni kengaytirishga xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: +99871 200 43 43 va 1180.
Hurmatli mijozlar! Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan “Bank-mijoz” va mobil banking tizimlari zamonaviy a ...
Hurmatli mijozlar! Sizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaymiz! ...
Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 31-mayga qadar (31-may kuni ham) «O‘zsano ...

